Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
371
Aning dag‘i mavzuni altafdurur
Javohir necha xo‘bu dilkashdurur, 
Vale nazm silki aro xushdurur. 
So‘z ichraki, yolg‘on erur nopisand,
Chu nazm ettilar, qildi dono pisand. 
Men ul menki, to turk bedodidur, 
Bu til birla to nazm bunyodidur. 
Falak ko‘rmadi men kebi nodire,
Nizomiy kebi nazm aro qodire. 
Ne nazme der ersam meni dardnok 
Ki, har harfi bo‘lg‘ay aning durri pok. 
Yetar tengridin oncha quvvat manga
Ki, bo‘lmas bitiriga fursat manga. 
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur
Ki, gar kelsa Rustam javobin berur. 
Raqam qildi farxunda «Shahnoma»e
Ki, sindi javobida har xomae. 
Musallamdurur zohiran bu ishi 
Ki, ma’razg‘a kelmaydurur har kishi. 
Dedi o‘z tili birla ul koni ganj:
Ki, si sol burdam ba «Shahnoma» ranj. 
Ani derga bo‘lsa qachon rag‘batim,
Erur oncha haq lutfidin quvvatim, 
Ki, har necha nutq o‘lsa kohilsaroy,
Bitigaymen o‘ttuz yilin o‘ttuz oy. 
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti halvom erur 
Vale ayt deb, kim manga tutti yuz
Ki, men yuz uchun demadim ikki yuz, 
Ne yuz, ne iki yuzki, bu kilki tez,
Atorud bila qilsa zohir sitez, 
Aning sayri bir davr oxir bo‘la,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
372
Falakni latoyifdin etgay to‘la. 
Birav bo‘lsa bir ishda bu nav’ fard,
Vale ko‘rmasa bahra jo‘z ranju dard. 
Bo‘lub Qof vajhi maoshig‘a kon,
Murabbiysi anqog‘a hamoshyon, 
Uyi notavon ko‘ngli yanglig‘ buzuq,
Bu uy ichra anduxu g‘am yer ozuq, 
Mayi bazmi barcha yurak qonidin,
Surudi hazin ko‘ngli afg‘onidin, 
Desakim, topay eski puldin farog‘,
Topilmay juz a’zosida yangi dog‘. 
Maishat uchun orzu qilsa siym,
Ani topqay, ammo esarda nasim, 
Kishi jinsi mulkida mardum giyo
Diram sinfi avzoida kimiyo. 
Kishi bo‘lsa andog‘ki, o‘tti maqol,
Bu yanglig‘ kishiga bu nav’ o‘lsa hol, 
Nechuk mayli ovoralig‘ etmagay,
Boshin olibon bir taraf ketmagay?! 
Yana bir bukim, zohir o‘lmish mango
Ki, chiqmish Xuroson elidin vafo. 
Vafo azm aylarda bo‘lmish magar
Saxovu muruvvat anga hamsafar. 
Bu uch fe’l chiqqach arodin tamom,
Yana bo‘lmish uch fe’l qoyimmaqom. 
Vafo yerida zohir o‘lmish nifoq,
Saho o‘rnida buxl tutmish visoq. 
Muruvvatqa bo‘lmish hasad joygir,
Zihe hush elu mulkati dilpazir. 
Ne mulku ne el emdi tahrir etay,
Alar holatin vasf bir-bir etay. 
Dema mulkkim, vahshatobodi zisht,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling