Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
378 QIT’ALAR «G‘AROYIB US-SIG‘AR» MUQATTAOTINING SARSUHANLARI 1 TYeNGRI ZOTI HAQIQATIDAKIM, XIRAD MABHUTU NODONDUR VA AHLI XIRAD FARTUTU HAYRON Haq zotig‘a biravki, xirad birla fikr etar, Otin el ichra oqilu farzona aylabon. Miqdorini tengiz suyining istar anglamoq, Lekin hubob jomini paymona aylabon. 2 RASULI A’ZAM ShA’NIDAKIM, QUYoShDIN OLAMOROYROQDURU NAFI QILG‘ON XUFFOShDIN TIYRAROYROQ Muhammadi arabiy sha’ni andin a’zam erur Ki, nuqs bo‘lg‘ay ulus bo‘lsa nafyig‘a qoyil, Quyosh ashi’’asig‘a lam’a andin ortuq erur Ki, zarra kasrati bo‘lg‘ay ziyosig‘a hoyil. 3 FANO ShARBATI BOBIDAKIM, TA’MI ZAHRI QOTILDURU BAQOYI ABAD NUShI UL ZAHRDIN HOSIL Foniyi mutlaq o‘lmayin solik, Anga yo‘qtur umidi maqsadi kull, Qora tufroqg‘a sinmagan qatra, Andin imkoni yo‘q ochilmoq gul. 4 FANO MAQOMIG‘A YeTKAN SOLIK VASFIDAKIM, MOLDIN ANGA ZIYoN YO‘QTURU JOHDIN NUQSON Soliki ozodani ko‘rsang g‘aniy, qilg‘ay debon Mol aning man’i suluki qilmag‘il inkor anga. Kema tiyri mol aro bo‘lmish muqayyad demagil, Ko‘rki, oncha mol o‘lurmu moni’i raftor anga. 5 Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 379 O‘ZLUKDIN QUTULMOQ SUUBATIDA VA ANANIYYaT TARKI ShIDDATIDA Ey ko‘ngul, tan taxtasin bu qa’ri yo‘q girdobdin Istasang sohilg‘a chekmak, bilki, bu oson emas, Piru iste’dodu tavfiq o‘lmasa bo‘lmas bu ish, Kimdururkim, bag‘ri bu hasratdin aning qon emas. 6 AQLNING BARChA TARIQIDA MAOShNI DUShVOR BILMAGU JUNUNG‘A QAROR BYeRMAK Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay, Qismat rizosidin anga begonaliq kerak. Kunji qanoat archi erur saltanat valek Eldin tama’ni uzgali mardonaliq kerak. Kim ishq asiri o‘lsaki, mumkin emas visol Dardu balog‘a hamdamu hamxonaliq kerak. Lazzoti nafs tarki samari ofiyat berur, Lek ul shajarni ekkali farzonaliq kerak. Tajrid nuridin kishi ko‘z yorutay desa, Ahbob hajri sham’ig‘a parvonaliq kerak. Gar anjumanni desa muridu muti’ etay, Ko‘p nuktavu fasonada afsonaliq kerak. Botin harimida tilasa maxzani huzur, Zohir uyi asosig‘a vayronaliq kerak. Zohir yuzidin ar tilasa toju izzu joh, Dardu balo muhitig‘a durdonaliq kerak. Desang xalos o‘lay borisidin Navoiydek, Bexudlug‘u may ichmagu devonaliq kerak. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling