Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
375
Ki, ham lamyazal keldi, ham loyazol. 
Chu lavhi vujud uzra tortib qalam,
Iki kavn tarhig‘a urdi raqam. 
Burun chekti mundog‘ sipehri rafi’,
Yana yoydi bu nav’ arzi vasi’. 
Nekim jilvagar qildi aflok aro,
Ne qildi ayon arsayi xok aro. 
Demay yetti obou to‘rt ummahot
Ki, xilqat to‘ni kiydi chun koinot. 
Emas erdi maqsud juz odamiy 
Ki, haq sirrining bo‘lg‘ay ul mahrami. 
Baridin g‘araz garchi inson edi,
Anga dag‘i maqsud irfon edi. 
Bu so‘z sidqig‘a dag‘i beta’nu tanz,
Dalolat qilur oyati «kuntu kanz». 
Xayolimda andog‘ musavvar bo‘lur
Ki, ul ikki ishdin muyassar bo‘lur. 
Biri buki, bir jazba haqdin yetib,
Ko‘ngulni yaqin jomidin mast etib, 
Haqiqat sari turktoz aylagay,
Jahon shug‘lidin beniyoz aylagay. 
Anga qolmag‘ay ham o‘zidin xabar,
O‘zidin nekim, o‘zlugidin asar. 
Bo‘lub raf’ imkoni mavjudlug‘,
Topib haq vujudida nobudlug‘. 
Chu haq topti bu nisbatidin aning
Ki, maqsud edi xilqatidin aning. 
Musharraf qilib ani o‘z rozidin,
Yana ham o‘z anjomu og‘ozidin. 
Buyurdiki, el bo‘lg‘ali bahravar,
Suluku marotibg‘a qilg‘ay guzar. 
Yana bir budurkim, gado gar muluk


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
376
Talab yo‘lida qilg‘ay oncha suluk. 
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topqach o‘zin anga topshurub. 
Suluk amrida urmayin beshu kam,
Aning amridin ayru dam yo qadam, 
Fano dashtida sayri bo‘lg‘ach tamom,
Haq andin so‘ng etkay ato ul maqom 
Ki, bir jazb ila oshno bo‘lg‘ay ul,
Muqimi harimi safo bo‘lg‘ay ul. 
Alarkim nishoni masolik debon,
Burung‘ini majzubi solik debon. 
Bu birningki, har amri marg‘ubdur,
Otin solike debki, majzubdur. 
Chu avvalg‘i ish bo‘lmadi dastgir,
Ikinchisidin xo‘b emastur guzir. 
Menikim, bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida beqaror ayladi. 
Ne imkonki, topqay qaroru sukun,
Biravkim bu fikr etti ani zabun. 
Urarmen qadam toki borg‘uncha gom
Ki, bo‘lg‘ay muyassar menga ushbu kom. 
Agar bo‘lsa bu yo‘lda umrum talaf,
Chu bu yo‘ldadur ul ham erur sharaf 
Va gar bo‘lsam o‘z komima bahramand,
Zihe mulki jovidu baxti baland. 
Xusho ulki olamda gar chekti ranj,
Yana olam asbobig‘a topti ganj. 
Xush ulkim, agar cheksa ming xori dard,
So‘ngi tushsa ilgiga bir toza vard. 
Ne farruxdur ul hajr ovorasi
Ki, vasl etkay oxir aning chorasi. 
Emas bo‘lsa davron murodi bila,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
377
Fano bo‘lsa matlub yodi bila 
Janobingda uldur manga multamas
Ki, men benavoni sog‘ingan nafas. 
So‘zum ayt foniylig‘ ohi bila,
Madad ayla himmat sipohi bila
Bu erdi so‘zumkim dedim men g‘arib,
Yana tengri diydor qilg‘ay nasib! 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling