Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
388
Tiyinning o‘z tuki-o‘q bo‘ldi jonig‘a ofat,
Farisaning paridin keldi o‘z boshig‘a balo.
39
LOJUVARDDIN RANGYe KO‘RMAGAN KO‘KIN TUZMAGU UL KO‘KTA RANGYe
KO‘RGUZMAK
Shohi sipehrqadr Abobakr ul shahe
Kim, ko‘k ravoqi dargahi qadrig‘a toq erur.
Bu
charxi lojuvard uza xurshid, go‘yiyo
Ko‘kbo‘z takovarig‘a muzahhab janoq erur.
Bir pora lojuvard sari go‘yiy angladi
Kim, bu zaifi xastag‘a ko‘p ishtiyoq erur.
Hukm etti bir qulig‘aki,
taslim aylasun,
Go‘yo vusuli ul kishi ollinda shoq erur.
Yerdin desa qazib chiqaray,
yer erur qatiq,
Ko‘k konidin desaki, olay, ko‘k yiroq erur.
40
KUCh BILA KULGUDIN YIROQ SOVUQLUQQA YoVUG‘ROQ, VALYe KUCh BILA
YIG‘LAMOQ ERUR ANDIN SOVUG‘ROQ
Hikmat ahli ollida sovuq sifat yo‘q kimsada
Subhi kozibdek mahalsiz aylagon kulgu kebi.
Lek mundin ko‘p sovuqdur ashk to‘kmak zo‘r ila
Day yelida qatra-qatra muz tomizg‘an su kebi.
41
ANONIYaT UYIN BUZMOQ BOBIDAKIM, FANO ZOVIYaSIN TUZMAKDUR VA O‘ZIN
KAM QILMOQDA O‘ZIN KO‘RGUZMAK
Kimki, o‘zluk imoratin buzdi,
Bo‘ldi naqdi fano aning muzdi.
Ul
imoratni buzmayin solik
Bo‘la olmas bu naqdg‘a molik.
Do'stlaringiz bilan baham: