Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
383
18
TUZLUK IRTIQOBIDAVU EGRILIK IJTINOBIDA
Biyik maqomig‘a ulkim tilar sabot,
kerak
Ki, egrilikni qo‘yub, tuzluk aylasa qonun.
Tuz o‘lsa soyasida el tinib manor kebi,
Sipehr uyida turar qarnlar nechukki sutun.
Gar egridur yog‘ibon o‘qu bog‘lanib bo‘yni,
Bo‘lur qabaq yig‘ochidek besh-o‘ncha kunda nigun.
19
ROSTLIQ SIFATIYu ROSTRAVLAR KAROMATI
Xiromon suda soyir bo‘lmoqu
uchmoq havo uzra
Ajab ermas, qachonkim rostravliq qilsa zoda.
Shior aylab bu ishni kema tiyri, ko‘rki, su uzra
Xirom aylab havog‘a bodbondin soldi sajjoda.
20
TAZVIR AShKI ShAQOVAT DONASIYu NODON YoVASI IDBOR NIShONASIDUR
Poklar joni bo‘lur
ozurda tazvir ashkidin,
Ko‘zgu ruxsori nechukkim, zang tutqay nam bila.
Rostlar ko‘nglini aylar tiyra nodon yovadin,
Sham’ni ul nav’kim, johil o‘churgay dam bila.
21
NIHONIY SAXOVATDA KO‘ShISh OSORIYu ANING JILVASIDA NIKUHISh IZHORI
Saxiy uldurki, nav’e bazl qilg‘ay,
Agar xud sufra ichra bo‘lsa noni.
Kim, ul chodir ko‘machidek yetishkay
Gado uyiga ko‘zlardin nihoniy,
Falakdek yo‘qki, avval jilva bergay
Quyoshning qursidek olamg‘a oni.
Do'stlaringiz bilan baham: