Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
406
Maqsud topilsa yaxshi, yo‘qsa netayin,
Boshimni olib qay sari emdi ketayin. 
99 
Jonim aro o‘t la’li suxandoning uchun,
Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun.
Ko‘ksumda alif sarvi xiromoning uchun,
So‘zlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun. 
100 
Zulfung girihig‘a poybast o‘lmishmen,
La’ling mayidin bodaparast o‘lmishmen,
Ul mayni ichib yo‘lungda past o‘lmishmen,
Hay-hay, ne dedim, magarki mast o‘lmishmen. 
101 
Zog‘eki cho‘qub oqizdi qon ko‘nglumdin,
Tirnog‘ ila uzdi notavon ko‘nglumdin.
A’zosida ko‘r asar damim dudidin,
Minqor ila changida nishon ko‘nglumdin. 
102 
Xushtur bo‘lsak, ikovla hamdam senu men,
Bir-birga desak, yetushsa har g‘am senu men.
Bo‘lsaq bor esak haramg‘a mahram senu men,
Mug‘ dayri aro bo‘lsa vatan ham senu men. 
103 
Ey bodi sabo, agar havo aylagasen,
Gulshang‘a yetarni muddao aylagasen.
Sarv ollida yer o‘pub duo aylagasen,
Gul qoshida qullug‘um ado aylagasen. 
104 
Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘an,
Bir-bir g‘amu anduhdin ozod o‘lg‘an.
Oz-ozg‘ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o‘lg‘an. 
105 
Isyon tutuni bermayu chehramga amon,
Ul nav’ qora qildiki, mo‘rida samon.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
407
Oq aylamagini men siyahro‘yi yomon,
Aylayolmon afv suyi birla gumon. 
106 
Isyon aro qolg‘an ibtilonimu deyin?
Ma’mur etkan nafsi vag‘onimu deyin?
Yo‘q toat ila kibru riyonimu deyin?
Yaxshi demak o‘zni bu balonimu deyin? 
107 
Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,
Sajjoda garav bo‘lsa ne tong, ey rahrav,
Chun mug‘bacha ollida qilur sajda birav,
Yo‘q ayb musallosi aning mayg‘a garav. 
108 
Jonimg‘a qilur javru jafo yor asru
Kim, yor ichida javru jafo bor asru.
Bo‘ldum chekibon javru jafo zor asru, 
Men javrkashu yor jafokor asru. 
109 
Gar qilsa kishi qilib gunohe, tavba,
Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohe tavba, 
Bu jurm ila tavbadin ilohiy tavba. 
110 
Ne yuzini g‘oza aylamish farsuda,
Ne ko‘ziga surma tortmish behuda.
Ne qoshini vusma aylamish oluda,
Bu yuzu ko‘zu qoshdin eman osuda. 
111 
Nomang manga ruhdin nishon bo‘ldi yana,
Osoyishi joni notavon bo‘ldi yana.
Har harfi aning tanimda jon bo‘ldi yana,
Har lafzi hayoti jovidon bo‘ldi yana. 
112 
Chun lola to‘kuldi, lolagun jom ichma,
Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling