Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
404 Ne husnig‘a ru’yatu ne ishqimg‘a maqol, Billah menu oshiqliq erur amri mahol. 85 Bir sari sarig‘ parlou men tutsag‘ yo‘l, Ne tog‘u, ne tuz, desang ne obodu, ne cho‘l. Yirtuq kepanakdin chiqarib yalang qo‘l, Ul qochsayu men qovsamu, men qochsamu ul. 86 Turmay meni zoru notavon birla ko‘ngul, Ulfat tutmish ul oston birla ko‘ngul. Yoreki manga jon edi ham azm etti, Men mundavu xizmatingda jon birla ko‘ngul. 87 Umring quyoshig‘a bermasun charx zavol, Joning qamarini qilmasun davr hilol. Tun-kun bo‘lg‘il mahravishu mehr xisol, Dahr ahlig‘a nurbaxshu farxundajamol. 58 Ey joni habibu ko‘ngli ahbobqa lol, Men ham qildim jonu ko‘ngulni irsol, Ko‘nglumga ber ahbob bila jomi visol, Jonimni habib oyog‘i tufrog‘ig‘a sol. 89 Sadbarg, binafsha, yo‘qsa nargis, yo gul, Ichmak bo‘lmas bular havosi bila mul. To hajr yelidin o‘ldi oshufta dimog‘, Yuz noxuna ko‘z ichravu yuz pora ko‘ngul. 90 Tog‘ ichra ajab shohdur ul sheftahol, Kim topsa bulog‘e suyi andoqki zulol. Boshi uza chatri saltanat har yangi tol, Su ichkali jomi ayshi bir eski safol. 91 To dahrdurur, dahr uza sulton bo‘lg‘il, To olam erur, olam uza xon bo‘lg‘il. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 405 Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il, Ham jonlarig‘a moyayi darmon bo‘lg‘il. 92 Mug‘ dayri sari bugun tamanno qildim, Ul mug‘bacha husnini tamosho qildim. Din naqdini kufri birla savdo qildim Kim, qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?! 93 Yoshung‘an emish qora bulutqa mohim, Gardunni sovurmog‘liq erur dilxohim. Kirmish qora tufroqqa quyoshdek shohim, Nevchun qora qilmasun quyoshni ohim. 94 Johilki, hasad bo‘lg‘ay aning jahlig‘a zam, Nur el ko‘zidin anglasa o‘z ko‘zida kam. Ko‘zlarni olishmoqqa chekib tiyg‘i sitam, El ko‘zini ham o‘yg‘ayu o‘z ko‘zini ham. 95 Bahru kemadin ko‘ngulda ko‘ptur alamim Kim, sekrimayin qadam, yugurmay qalamim. Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq Kim, yuz yil ani tay qila olmas qadamim. 96 G‘urbatqa tushub zaifu bemor o‘ldum, Dardu g‘amu mehnat ilgida zor o‘ldum. Sartosar ajal toshidin afgor o‘ldum, Sensiz ne balolarg‘a giriftor o‘ldum. 97 Ishq ahliki, manzurdin istarlar kom, Ul kom kerakki, bir nazar bo‘lsa tamom. Gar bo‘lsa nazzorasida andishayi xom, Ko‘zlarga nazar dog‘i harom o‘ldi harom. 95 Masjidqa necha ahli riyodek yetayin, Yo rind kebi azimati dayr etayin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling