www.ziyouz.com kutubxonasi
410
Desam bo‘lar, ey sho‘xi sitamgar, ne edi,
Derkim, senga ne, men bilayin har ne edi.
127
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.
128
Yo rabki, fano bazmida xos ayla meni,
Faqr ahlig‘a sohib ixtisos ayla meni,
Yo doxili zumrayi xavos ayla meni,
Yo ranji avomdin xalos ayla meni.
129
To dasht bahor birla rangin bo‘lg‘ay,
Gulzor nigorxonayi Chin bo‘lg‘ay.
Dasht uzra senga saltanat oyin bo‘lg‘ay,
Gulzor aro taxt ustida taskin bo‘lg‘ay.
130
To charx visoli ko‘yidin surdi meni,
Qatl aylagali hajrg‘a topshurdi meni.
Gar hajr o‘lum holig‘a yetkurdi meni,
Yor etkani ta’na, lek o‘lturdi meni.
131
Hajring sipahi zeru zabar qildi meni,
G‘am kishvari ichra darbadar qildi meni.
Andinki batar emas, batar qildi meni,
Jon olg‘ucha ne deyki, nelar qildi meni.
132
Nomangki, menga mujdayi jone erdi,
Hijron g‘amidin xatti amone erdi.
Zulmatqa savodi gar nishone erdi,
Mazmun anga obi zindagoniy erdi.
133
Til so‘z bila to qizitti hangomamni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
411
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
412
KO‘RSATKIChLAR
TARIXIY, ADABIY VA MIFIK ShAXSLAR NOMI
KO‘RSATKIChI
Abobakir — qit’a 39, 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |