Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

Ko‘z yoshimdin bu qadar lutfu tarovatdur sanga. 



 

Ey quyosh, mehr ahlini kuydurma bu vodiydakim,  

Garmravlar ohidin muncha haroratdur sanga. 

 

Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek,  



Chun necha ul qilsa istig‘no, haqoratdur sanga. 

18 

 

Ey alifdek qomating mayli buzulg‘an jon aro  



Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro. 

 

Kulmaging ichra malohat uyladurkim, sho‘xlar  



O‘ynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro. 

 

Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,  



Ayb qilmakim, g‘alat gohe tushar Qur’on aro. 

 

O‘qlaringdin jon toparmen, go‘yiyo paykonlari  



Su icharda g‘o‘ta topmish chashmayi hayvon aro. 

 

Xasta ko‘nglum ohi ko‘nglungga dedim qilg‘ay asar,  



Qayda o‘ltursun vale bemor o‘qi sandon aro. 

 

Boshta gavhar go‘yining fikridin ortar dardisar  



Kimki, kechti boshidin go‘y urdi bu maydon aro. 

 

Uyki, adno tebranur sokinga xotir jam’ emas,  



Ne ajab, gar amn yo‘qtur gunbadi gardon aro. 

 

La’ling olg‘an ko‘nglum ahvolin munajjim chun ko‘rar,  



Aytur ul avvora bo‘lg‘an g‘oyibingdur qon aro. 

 

Ey Navoiy, ishq dardi ko‘rgan el ko‘nglin buzar,  



Har xaroshekim, unung zohir qilur afg‘on aro. 

19 

 

Kimki ko‘rsa mushki nob ul sunbuli serob aro,  



Bir qora tufrog‘ degaykim tushti mushki nob aro. 

 

Qoshing ichra rishtayi jonimg‘a chirmang‘an ko‘ngul,  



Ankabutedurki, aylabdur vatan mehrob aro. 

 

Ul quyoshdin ayru ashkim yomg‘urining barqidur,  



O‘t tutashqan rishta yanglig‘ jismi pechu tob aro. 

 



Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling