Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

407


Oq aylamagini men siyahro‘yi yomon,  

Aylayolmon afv suyi birla gumon. 



106 

 

Isyon aro qolg‘an ibtilonimu deyin?  



Ma’mur etkan nafsi vag‘onimu deyin?  

Yo‘q toat ila kibru riyonimu deyin?  

Yaxshi demak o‘zni bu balonimu deyin? 

107 

 

Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,  



Sajjoda garav bo‘lsa ne tong, ey rahrav,  

Chun mug‘bacha ollida qilur sajda birav,  

Yo‘q ayb musallosi aning mayg‘a garav. 

108 

 

Jonimg‘a qilur javru jafo yor asru  



Kim, yor ichida javru jafo bor asru.  

Bo‘ldum chekibon javru jafo zor asru

Men javrkashu yor jafokor asru. 

109 

 

Gar qilsa kishi qilib gunohe, tavba,  



Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.  

Qilmoq necha goh jurmu gohe tavba

Bu jurm ila tavbadin ilohiy tavba. 

110 

 

Ne yuzini g‘oza aylamish farsuda,  



Ne ko‘ziga surma tortmish behuda.  

Ne qoshini vusma aylamish oluda,  

Bu yuzu ko‘zu qoshdin eman osuda. 

111 

 

Nomang manga ruhdin nishon bo‘ldi yana,  



Osoyishi joni notavon bo‘ldi yana.  

Har harfi aning tanimda jon bo‘ldi yana,  

Har lafzi hayoti jovidon bo‘ldi yana. 

112 

 

Chun lola to‘kuldi, lolagun jom ichma,  



Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.  


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling