Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

410


Desam bo‘lar, ey sho‘xi sitamgar, ne edi,  

Derkim, senga ne, men bilayin har ne edi. 



127 

 

Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,  



Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.  

Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,  

Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi. 

128 

 

Yo rabki, fano bazmida xos ayla meni,  



Faqr ahlig‘a sohib ixtisos ayla meni,  

Yo doxili zumrayi xavos ayla meni,  

Yo ranji avomdin xalos ayla meni. 

129 

 

To dasht bahor birla rangin bo‘lg‘ay,  



Gulzor nigorxonayi Chin bo‘lg‘ay.  

Dasht uzra senga saltanat oyin bo‘lg‘ay,  

Gulzor aro taxt ustida taskin bo‘lg‘ay. 

130 

 

To charx visoli ko‘yidin surdi meni,  



Qatl aylagali hajrg‘a topshurdi meni.  

Gar hajr o‘lum holig‘a yetkurdi meni,  

Yor etkani ta’na, lek o‘lturdi meni. 

131 

 

Hajring sipahi zeru zabar qildi meni,  



G‘am kishvari ichra darbadar qildi meni.  

Andinki batar emas, batar qildi meni,  

Jon olg‘ucha ne deyki, nelar qildi meni. 

132 

 

Nomangki, menga mujdayi jone erdi,  



Hijron g‘amidin xatti amone erdi. 

Zulmatqa savodi gar nishone erdi,  

Mazmun anga obi zindagoniy erdi. 

133 

 

Til so‘z bila to qizitti hangomamni,  



Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.  


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

411


Har necha itikrak ayladim xomamni,  

Ul xoma qaroroq ayladi nomamni. 




Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling