7 B
Tayanch so‘z va iboralar
:
dushman, sayg‘oq, jayron , qaraganda,
xartum, mavjud, tana og‘irligi, urg‘ochi, paydo bo‘lmoq, dunyoga kelmoq,
o‘tsiz, taqir, yerli, kuchga to‘lmoq, ko‘chish, boshoqli o‘simliklar, erman,
oziqlanmoq, jonvor, sakramoq, suzib o‘tmoq, o‘ljasiga aylanmoq.
Matnni o‘qing
SAYG‘OQ
Sayg‘oq jayronga bir oz o‘xshab ketadi, ammo ular oq jayronga
qaraganda balandroq (75sm.gacha yetadi) bo‘ladi. Oyoqlari kaltaroq, katta
boshi doim pastga qaragan, bir oz xartumni eslatadigan burni ham bor. Nar
sayg‘oqlar 50 kg.gacha yetadigan tana og‘irligiga ega bo‘lishadi, urg‘ochilari
esa kamroq. O'zbekistonda sayg‘oqlar oktabr-noyabr oylarida paydo bo‘ladi.
Ular Ustyurt va Qizilqum shimolida keng yonbag‘irliklar bo‘ylab o‘tlab
yurishadi. Dekabr oyi davomida ko‘payish davri bo‘ladi. May oyiga kelib 2
ta, kam hollarda 1 ta yosha sayg‘oq dunyoga keladi. Urg‘ochi sayg‘oqlar
yangi avlodni dunyoga keltirish uchun o‘tsiz, taqir yerli hududlarni tanlaydi.
U yerdagi yer rangi tufayli sayg‘oqlarni hatto bir necha metrdan aniqlash
qiyin. Yosh sayg‘oqlar kuchga to‘lishgach, to‘dalar respublika hududidan
chiqib ketadilar, shimol va sharqqa tomon ko‘chishni boshlashadi. Kuzda esa
yana qaytib keladilar. Sayg‘oq boshoqli o‘simliklar, erman bilan oziqlanadi.
Sayg‘oqlar to‘da bo‘lib yashaydi. Yakka holda uchramaydi. To‘dalar har xil,
bir nechta jonivordan yoki bir necha ming sayg‘oqdan iborat bo‘ladi. Ammo
ko‘pincha 30-40 boshdan iborat to‘dalar uchraydi. Kuzda, kurashlardan keyin
nar sayg‘oqlar 5-10 ta urg‘ochi sayg‘oqdan iborat to‘da tuzadi. Kurashlar
vaqtida kuchsiz sayg‘oqlar halok bo‘ladi. Sayg‘oqlar 70km/soat tezlikda
yugura olgani uchun bo‘lsa kerak, hayvonlar ichida ularning dushmani kam.
Bundan tashqari sayg‘oq suvga sakrab, Sirdaryodek daryolarni suzib o‘tadi.
Faqatgina kuchsiz va kasal sayg‘oqlar bo‘rilar o‘ljasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |