Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Namuna: (ko‘rsatilmoq) faoliyat – ko‘rsatilgan faoliyat


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 Namuna: (ko‘rsatilmoq) faoliyat – ko‘rsatilgan faoliyat 
(topmoq) sopol idishlar, (ommaviylashmoq) sport turi, (kurashmoq) ikki 
polvon, (hayot kechirmoq) sak qabilasi, (XXV asrda yaratmoq) asar,
(prezident asos solmoq) musobaqa, (sport maktabida tahsil olmoq) 


79
sportchilar, (muntazam o‘tkazilmoq) musobaqalar, (faoliyat ko‘rsatmoq)
to‘garaklar. 
 
2-mashq. Qavs ichidagi fe’llarni kerakli sifatdosh shaklida yozing. 
Namuna: Men (oqi) kitob qiziq ekan. Men o‘qigan kitob qiziq ekan. 
1. (Yog‘) yomg‘ir kechqurun to‘xtadi. 2. Ko‘p (o‘qi) odam ko‘p biladi. 
3. Bu shaharga birinchi marta keldim. Tanishlarim, (yasha) joyim yo‘q. 4. 
Men senga hozir biz oldin (yasha) uyni ko‘rsataman. 5. (Tuz) gaplaringizni 
o‘qing. 7. Men va do‘stim ustida (ishla) loyiha juda qiziqarli. 8. Siz meni 
tanishtirmoqchi (bo‘l) odam shumi? 9.(Ishla) joyingni menga ayt, men 
bilishni istayman. 10. Iltimos, men senga o‘tgan hafta (ber) kitobimni 
qaytarib ber. 
 3-mashq. Qavs ichidagi sifatdoshlarni zarur kelishik qo‘shimchalari 
bilan yozing. 
 Namuna. Kechiring, siz (kir) sezmabman. Kechiring, siz kirganingizni 
sezmabman. 
1.U bir oyda qancha (pul sarfla) hozir unutdi. 2. Siz bilan yana (uchrash) 
juda xursandman. 3. O‘zbekistonga mashhur fransiyalik estrada qo‘shiqchisi 
(kel) eshitdingmi? 4. Testga yaxshi (tayyorlan) uchun juda xotirjamman. 5. 
Boshliq buyurgan ishni vaqtida (bajarma) uchun u hayfsan oldi. 6. Uydan 
(chiq) soat endi 7.30 bo‘lgan edi.7. Ibn Sino badiiy asarlar ham (yoz ) 
bilasizmi? 8. Bemor (tuzal) juda xursand edi. 
4-mashq. Matnni o‘qing. Qavslarni ochib, fe`llarni sifatdosh shaklida 
qo‘llang. 
CHEMIONNI YUTDI 
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Steynis Angliyada yashaganida 
pulsizlikdan (qiynalmoq) uchun “Gambit” qahvaxonasida shaxmat o‘ynab 
pul topar edi. Bir kuni u har bir ( yutqazmoq) partiya uchun bir funt sterling 
(to‘lamoq) saxiy raqibni topib oldi. Bu odam shaxmatni juda yaxshi ko‘rardi 
va jahon chempioni bilan shaxmat (o‘ynamoq) xursand edi. Steynis unga 
oldindan otni tekinga berar va har gal yutar edi. Evaziga esa yaxshi haq 
olardi. 
Steynisning do‘stlaridan biri unga shunday dedi: “Agar har gal 
(yutavermoq), bunday foydali raqibdan ajrab qolishing mumkin, shuning 
uchun ba’zan yutqazish ham zarar qilmaydi”. Bu gap Steynisga yoqdi. “Ha, 
do‘stim tog‘ri maslahat berdi” deb o‘yladi.
Navbatdagi o‘yinlardan birida jo‘rttaga farzinni tekinga berdi va 
(yutqazmoq) tan oldi. Keyin yana o‘ynash uchun shaxmat donalarini tera 


80
boshladi. Lekin shu payt uni(yutmoq) raqibi o‘rnidan sakrab turib, xursand 
qichqirdi: 
– Men chempionni yutdim! Niyatimga yetdim! 
U shunday deb ko‘chaga yugurib chiqib ketdi va boshqa hech qachon 
“Gambit” qahvaxonasiga qaytib kelmadi. 
(“Sharq yulduzi” jurnaldan) 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling