Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


 Matn bo‘yicha topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 


124

Matn bo‘yicha topshiriqlar
 
I. Savollarga javob bering. 
1. Diniy nuqtayi nazardan til qanday talqin qilinadi? 
2. Ilm-fan tilning taraqqiyot bosqichlarini o‘rganib, qanday xulosaga 
keldi? 
3. Til qanday yo‘l bilan takomillashib bordi? 
4. Turli tillarning yuzaga kelishi qanday izohlanadi? 
5. Tilning paydo bo‘lishi haqida allomalarning qanday fikrlari bor? 
6. Til – bu tafakkurmi? 
II. Matndan quyidagi gaplarning mazmuniga mos gaplarni toping. 
1. Kishilar bir-birlari bilan til yordamida axborot almashadilar. 
2. Til uzoq davr mobaynida rivojlanib, shakllanib kelgan. 
3. Jamiyatning taraqqiy etishida tilning ahamiyati katta. 
4. Qachondir mushtarak bo‘lgan bitta tildan paydo bo‘lgan tillar endi 
bir-birini boyityapti. 
5. Til jamiyatda inson faoliyatini tartibga solib turadi. 
 
G R A M M A T I K A 
O‘ZBEK TILIDA BIR HARAKATNING TURLI SHAKLLARINI 
KO‘RSATISH USULLARI
 (Ko‘makchi fe’llar) 
O‘zbek tilida mustaqil fe’llarga qo‘shilib harakatning turli shakllarini 
bildiruvchi fe’llar ko‘makchi fe’llar, uning yordamida hosil bo‘lgan birlik 
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Maxsus ko‘makchi fe’llar yo‘q. Ba’zi 
mustaqil fe’llar mustaqil fe’l bilan birikib, o‘z ma’nosini qisman yo‘qotadi. 
Bunday qo‘shilma quyidagi shaklda bo‘ladi: 
Mustaqil fe’l + -b,-ib + ko‘makchi fe’l 
Mustaqil fe’l + -a, -y + ko‘makchi fe’l 
Masalan: kulib yubordi, ishlay boshladi, kuta berdi 
Ko‘makchi fe’l vazifasida quyidagi fe’llar kelishi mumkin: boshlamoq, 
ko‘rmoq, bermoq, turmoq, yozmoq, qo‘ymoq, o‘tmoq, yubormoq, solmoq, 
kelmoq, bormoq… 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l + a, -y + boshlamoq. 
Harakatning boshlanayotganligini bildiradi: 
Ertalab soat to‘qqizdan kitob o‘qiy boshladim.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l+ b, – ib + ko‘rmoq
Harakatni bajarishga urinish, sinash ma’nolarini bildiradi. 
Men bu matnni tarjima qilib ko‘rdim, juda qiyin ekan.


125
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l + -b/-ib + olmoq. 
Harakatni subyekt o‘zi uchun bajarishini bildiradi. 
O‘zing uchun bilib olishing kerak. 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi : fe’l + -a/-y + olmoq. 
Harakatni bajarish imkoniyatiga egalik ma’nosini beradi. 
Men sizga yordam bera olaman. 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi : fe’l + -b/-ib + bermoq.
Harakatning boshqa odam uchun bajarilishi ma’nosini bildiradi. 
Iltimos, menga telefon raqamingizni yozib bering. 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi : fe’l + -b/-ib + turmoq. harakatning 
davomiyligi, takrorlanishini bildiradi. 
Uni ko‘rib turaman (tez-tez ma`nosida). 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi : fe’l + -b/-ib + qo‘ymoq. 
Harakatning tez va oson bajarilishini bildiradi. 
Ishni tugatib qo‘ying. 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l+ – a , -y yozmoq. 
Harakatning sodir bo‘lish xavfini bildiradi:
U yiqilayozdi (ya`ni, yiqilishiga sal qoldi). 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l + -b/-ib + yubormoq.
Harakatning kutilmaganda bajarilganini, biror harakatni bajarishga 
ko‘maklashishni, iltimosni bildiradi: 
Menga ko‘rsatib yuboring. U kulib yubordi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling