Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

G R A M M A T I K A 
Orttirma nisbat 
Bir subyektning ikkinchi bir subyektga ta’siri natijasida yoki narsa-
buyum vositasida yuzaga kelgan harakat (Orttirma nisbat). 
Qo‘shimchalari:
-t, -ir,-ar,-iz, -dir, -tir, -ir, -giz, -gaz, -kaz, -qiz, -g‘iz, -kiz, -sat 
Uxlat, ichir, chiqar, yedir, kestir, tushir, yurgiz, o‘tkaz, tekkiz, turg‘iz 
Bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajarilgan harakat
(Birgalik nisbati).
Qo‘shimchlari:
-sh, -ish 
kulishdi, ishlashyapti, borishdi, kelishadi, so‘rashyapti, qilishdi 
-lar qo‘shimchasiga sinonim tarzda ishlatiladi.
Ular sizni kutyaptilar – Ular sizni kutishyapti. 
 

 
 Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
1- mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying: 
 to‘xtamoq, to‘xtatmoq, uyg‘onmoq, uyg‘otmoq, tozalatmoq, tozalamoq, 
tiktirmoq, almashtirmoq, almashmoq, kuldirmoq, kulmoq, kuttirmoq, kutmoq, 
to‘lamoq, to‘latmoq, qilmoq, qildirmoq. 
1. Ertalab uydan chiqib ketayotgan edim, onam meni …. 2. Anvar qo‘lini 
ko‘targan edi, bir mashina kelib .... 3. Haydovchi ko‘cha qoidasini buzgani 
uchun, DAN (Davlat avtomobil nazorati) xodimi unga jarima ... 4.Bizning 
oila gaz va ichimlik suv xizmatlari haqini vaqtida... 4. Qishki kiyimlarimni 
kimyoviy tozalash xizmatida... 5.Bugun dam olish kuni bo‘lgani uchun, 
uyimni ….. 6. Mening o‘yoq kiyimim yirtildi, uni etikdo‘zga .... kerak. 7. 
Kamola hazil gaplar gapirib, bizni …8 Lola do‘kondan sotib olgan kiyim 
ukasiga to‘g‘ri kelmadi, shuning uchun u bu kiyimni do‘konda boshqasiga…. 
9.Horijda o‘qiyotgan do‘stim bugun Amerikadan telefon qilib meni juda erta 
…10. Men odatda har kuni ertalab 7da … 11. Biz tomosha qilgan film juda 
kulgili ekan, biz maza qilib... 12. Men seni yarim soatdan beri....., nega 
kechikding? 13. U yana kechikdi va har doimgidek bizni... 


120
2- mashq. Fe`llarni birgalik va orttirma nisbat shaklida yozing. 
1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni beshikka (yotmoq). 2. Oyi, mehmonlar 
(kelmoq)! 3. O‘zbeklarda yoshlar kattalarni hurmat (qilmoq), mehmonga 
borganda yoshlar xizmatda (bo‘lmoq). 3. Navro‘zda ayollar sumalak 
(pishmoq). 4. Uchovlon universitetga qarab (yo‘l olmoq). 5. Biz shoir 
Muhammad Yusufning tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir (o‘tmoq). 6. 
Uning ovozi yaxshi bo‘lgani uchun bayramda unga alla (aytmoq). 7. 
Fikringizni isbotlash uchun misol (kelmoq). 8. Mehmonga shahrimizning 
go‘zal joylarini (ko‘rmoq), uni rosa (aylanmoq).
3- mashq. Berilgan fe’llardan foydalanib, so‘zlarni tarjima qiling va 
gap tuzing. 
 Namuna: Возместить (to‘lmoq) – to‘ldirmoq. Zararning o‘rnini 
to‘ldirdim
Возмутить (nafratlanmoq, jahli chiqmoq), купать (cho‘milmoq, 
yuvinmoq), ликвидировать (bitmoq, tugamoq), будить (turmoq), диктовать 
(aytib yozmoq, aytganini qilmoq), надломить (sinmoq), обнадежить 
(ishonmoq), обобщить (umumlashmoq, birlashmoq), ободрить (ruhlanmoq, 
g‘ayratlanmoq), обозначить (ko‘rmoq), обучить (o‘qimoq), оставить 
(qolmoq), осовременить (zamonaviylashmoq). 


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling