153
Matn bo‘yicha topshiriqlar:
I. Savollarga javob bering.
1. Sayg‘oqlar qanday jonivorlar?
2. Sayg‘oqlar bilan oq jayronlarning farqi nimada?
3. Sayg‘oqlar qayerda hayot kechiradilar?
4. Sayg‘oqlar qanday bolalaydilar?
5. Sayg‘oqlar qanday tezlikda chopadilar?
II. Xato gaplarni to‘g‘rilang.
Sayg‘oqlar oq jayronlardan farq qilmaydi.
Sayg‘oqlar faqat bittadan bolalaydilar.
Sayg‘oqlar yakka holda yoki ikkita yoki uchta bo‘lib yashaydilar.
Sayg‘oqlar
juda nozik hayvonlar, ular suvda suza olmaydilar.
Sayg‘oqlarning hayvonlar orasida dushmanlari ko‘p.
G R A M M A T I K A
BIRGALIK, VOSITA, MAQSAD, O‘RIN, JO‘NALISH,
DAVOMIYLIK MA’NOLARINI IFODALOVCHI YORDAMCHI
SO‘ZLAR
(Ko‘makchilar)
Ko‘makchilar quyidagi ma’nolarni bildiradi:
-
Vosita: Qalam
bilan chizdi. Ko‘prik
orqali o‘tdik.
-
Yo‘nalish: O‘ng
tomonga buriling. Uyga
qarab yurdi.
-
O‘rin-joy: Xona
ichi bo‘m-bo‘sh.
-
Atalganlik: Bu gullar – siz
uchun.
-
Sabab: Suvsizlik
tufayli o‘simliklar quridi.
-
O‘xshatish, qiyoslash:
U ham siz kabi talaba.
Eslab qoling:
Ko‘makchilarni kelishik qo‘shimchalari o‘rnida qo‘llash mumkin:
Poyezd
da keldim – Poyezd
bilan keldim.– Bu uyni o‘g‘li
ga qurgan.– Bu
uyni o‘g‘li
uchun qurgan. Se
ni o‘yladim – Sen
haqingda o‘yladim.
Ko‘makchilar quyidagi kelishikdagi so‘zlardan keyin qo‘llanadi:
Bosh kelishikdagi so‘zdan so‘ng: bilan, uchun, singari, kabi, sayin,
sari, yoqalab, sababli, tufayli, orqali. Talabalar
uchun suv havzasi qurildi.