148
O‘zbek tilida bog‘lovchilar ikki xil shaklda qo‘llaniladi:
1.
Yakka holda: va, hamda, ammo, lekin, chunki,
shuning uchun,
negaki, agar, garchi.
2.
Takroriy holda: bir…bir, xoh…xoh, dam…dam, goh…goh,
yoki…yoki, yo…yo, ba’zan…ba’zan.
Bog‘lovchilar ma’nosi va vazifasiga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi:
1) Teng bog‘lovchilar so‘zlar va gaplarni teng asosda bog‘laydi. Ular
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
a) biriktiruv bog‘lovchilari:
va, hamda, ham;
b) zidlov bog‘lovchilari:
ammo, lekin, biroq, holbuki;
c) ayiruv bo‘lovchilari:
dam…dam, goh…, goh, yoki…yoki, yo…yo,
xoh…xoh;
d) inkor bog‘lovchisi:
na…na;
e)
bo‘lsa, esa bog‘ lovchisi.
Eslab qoling:
1) -
u, -yu yuklamasi biriktiruv va zidliv bog‘lovchilari o‘rnida
qo‘llanishi mumkin:
Nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, indamadi. Nimadir
demoqchi bo‘ldi, lekin indamadi. – Kutobni oldim-u, sening oldingga
yugurdim. – Kutobni oldim va sening oldingga yugurdim. 2) -
da yuklamasi
biriktiruv bog‘lovchisi o‘rnida qo‘llanishi mumkin:
Chiroqni o‘chirdi-da,
sekin derazadan tashqarida qaradi. – Chiroqni o‘chirdi va sekin derazadan
tashqarida qaradi. 3)
bilan ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi o‘rnida
ishlatiladi:
Men bilan akamni chaqirishdi. – Men va akamni chaqirishdi. 4)
balki modal so‘zi bog‘lovchi bo‘lib kelishi mumkin:
Jahon moliyaviy
inqirozining ta‘siri pasaymadi, balki yanada kengroq miqyosda tarqala
boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: