Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
II. Ekologiya tushunchasiga ta’rif bering
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
II. Ekologiya tushunchasiga ta’rif bering.
Matnni o‘qing. EKOLOGIYA Ekologiya so‘zi ikki qismdan iborat: “oykos” – uy, “logos” – fan degani. Ya’ni ekologiya biz hammamiz yashayotgan “uy”, bizni qurshab turgan atrof-muhit haqidagi fandir. Mazkur atamani birinchi bo‘lib 1866-yilda biolog E. Gekkel taklif qildi. Ekologik bilimlar bu – atrofimizni qurshab turgan olamni tashkil qiluvchi barcha narsalar to‘g‘risidagi bilimlardir; hayvonlar va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarning jamini uzviy bog‘liq va alohida holda o‘rganish, eng muhimi, ushbu munosabatlarning do‘stona yoki dushmanlarcha ekanligini aniqlashdir. XIX asrning 80-yillari oxiriga kelib, ekologiya mustaqil biologik fan sifatida shakllandi. “Salomatlik – bu faqat biror-bir kasalga chalinmaganlik yoki jismoniy nuqsondan xoli ekanlik emas, to‘laqonli jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xotirjamlik, farovonlik holatidir” (“Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomi”dan). Salomatlikni organizm bilan atrof-muhitning dinamik muvozanati sifatida talqin qilish mumkin. Atrof-muhitning holati ko‘p jihatdan millat salomatligi darajasini belgilaydi. Barchamizga ma’lumki, me’yordagidek hayot kechirayotgan inson organizmiga quyosh energiyasidan tashqari havo, suv va oziq-ovqat zarur. 147 Ushbu zaxiralar organizm uchun zararli bo‘lgan aralashmalardan xoli bo‘lishi kerak. Bunda biz zarur oziq-ovqat, suv, havoning ekologik tozaligini nazarda tutamiz. Hozirgi kunda ekologik jihatdan toza oziq bilan tarkibida natriy, salomatlik uchun xavfli emulgatorlar, bo‘yoqlar bo‘lgan oziq-ovqatlar, toza tabiiy yoki sifatli filtrlangan suv bilan sanoat chiqindilaridan zararlangan suv – ikkisidan birini tanlashga to‘g‘ri kelmoqda. Odam havosiz 3 daqiqa ham yashay olmaydi. Inson bir kun davomida 24 kg.gacha havo yutadi, bu xuddi shuncha vaqt ichida ichilgan suvdan deyarli 16 marta ko‘pdir. Afsuski, havoda organizm uchun zararli bo‘lgan aralashmalar tobora ortib bormoqda, ichkarida, xona ichida esa uning sifati bundan ham past; biz hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar bilan to‘yingan havodan nafas olishga majburmiz. Bu narsa uyimizning qayerdaligiga bog‘liq emas, shahar tashqarisidagi hovli uchun ham, shahardagi xonadon uchun ham ushbu muammo birdek dolzarbdir. Hayotimizning asosiy qismini havoni tozalovchi tabiiy mexanizmlar bo‘lmagan uyda o‘tkazar ekanmiz, biz uni o‘pkamiz bilan tozalashga majburmiz, negaki ifloslanish muntazam davom etib turadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling