Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 

 
O‘tilganlar yuzasidan topshiriqlar: 


20
1 D 
Tayanch so‘z va iboralar: xotira, favqulodda, aql-zakovat, mujassam, 
yaratmoq, faxrlanmoq, zehn, ayon bo‘lmoq, ma’qul ko‘rmoq, kechmish, 
loysuvoq uylar, saqlanmoq, xat-savodli, dag‘dag‘a, olomon, tag-tomiri bilan 
yo‘q qilmoq, farahbaxsh, shu taxlit, ezib tashlamoq, jonsarak, chiniqtirmoq, 
otamning huzuriga bormoq, chayqalmoq, ulug‘vorlik, ko‘lmak, ayni 
zamonda, to‘qay, ko‘nikmoq, faxrlanmoq, ta’qib, kom, qiyofa, g‘amgin. 

 Savollarga javob bering: 
1. Chingiz Aytmatov haqida nimalarni bilasiz? 
2. Yozuvchining qanday asarlarini o‘qigansiz? 
 

  
Matnni o‘qing
  
BOLALIGIM
I. Bolaligim haqidagi ilk 
xotiralarimni rahmatli katta buvim 
Oyimxonni eslash bilan boshlamoq 
burchimdir. Buvimda favqulodda 
bir insoniy sifatlar mujassam edi. 
Ovulda aql-zakovati, obro‘-e’tibori 
bilan ajralib turardi. Xudo uni 
tabiatan dono qilib yaratgan edi.
Undan juda ko‘p narsani o‘rgangan 
otam ham onasi bilan faxrlanardi.
Katta buvim besh farzand 
ko‘rgan – uch qiz va ikki o‘g‘il. 
Uchinchi farzand mening otam – 
To‘raqul. Eng kenjasi esa – 
Risqulbek amakim. Risqulbek 
amakim o‘tkir zehnli, bilimli kishi 
bo‘lgan. Aytishlaricha, menga 
“Chingiz” deb ism qo‘yishni ham u 
kishi taklif etgan ekan. Kechmish 
tarixni yaxshi bilgani shundan ham 
ayon – bundaylar bolalariga 
tarixdagi buyuk shaxslar nomini 
qo‘yishni ma’qul ko‘radi.
II. Otamni eslashim bilan 
Farg‘ona tarafdagi loysuvoq uylar 
ko‘z oldimga keladi. Farg‘onaning 
turmush tarzi bir boshqacha. El 
birlashib ahil, inoq yashaydi. 
Qishloqlarda ayol-erkak ittifoq-dosh, 
oqsoqolning so‘zini yerga 
tashlamaydi. Ular yaxshi-yomon 
kunlarda doimo birga bo‘ladi. 
Bunday ahillik bugungi kunga qadar 
O‘zbekistonda saqlanib qolgan. 
Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz 
to‘rtinchi yilning boshi. Mening 
olti yoshli bolalik kezim. Otam 
To‘raqul o‘z elining taniqli 
insonlaridan biri bo‘lgan. Xat-
savodi erta chiqqan. Jambuldagi 
Avliyoota nomli rus maktabini 
bitirgan, o‘ttizga yetar-yetmas 
davlat idorasida ishlagan odam edi.
…yangi siyosatga o‘zini urgan, 
hukumat to‘p-to‘p qilib o‘qitib, 
odamlarning xat-savodini chiqarish 
chorasini ko‘rar, o‘zicha ozodlikka 
chiqqan olomon boy va quloqlarni 
tag-tomiridan yo‘q qilamiz degan 
shior ostida yashar, shu taxlit 
kelajakning farahbaxsh kunlarini 
kutar edi. 


21
III. Aravon tumani Farg‘ona 
vodiysining paxta ekiladigan 
mintaqasi hisoblanadi. Paxta qora ter 
bilan ko‘karib, mehnat bilan 
oqaradigan bir o‘simlikdir. Otam shu 
ishlarga bosh-qosh edi. U tun-u kun 
aravada yurar, har doim el orasida 
edi.
Bolaligim ocharchilikda o‘tdi. 
Bir kuni otam ikkimiz Andijonga 
bordik. Uzoq yo‘l yurdik. Yo‘l bo‘yi 
uchragan odamlar otam bilan 
salomlashar, allanimalarni so‘rardi. 
Xalqning yashash sharoiti og‘ir edi. 
Qanchalik qayg‘uli savol bermasin, 
otam umidlantiruvchi qaytarardi. 
Yolg‘iz umid shu kollektiv-
lashtirishda bo‘lsa-da, og‘ir hayot 
xalqning belini bukib, ezib tashlagan 
edi. Ana shu tashvishlarning barchasi 
bir odamga – aqlli, har doim 
jonsarak, toliqmay ishlaydigan 
otamga bog‘lanib qolgan edi. 
Bir oz fursat o‘tgach, otamni 
Moskvaga yuborishdi. Buning 
sababini bilmas edim. Men faqat bir 
narsani bilardim – biz Frunze 
(hozirgi Bishkek)ga qaytib kelgan 
bo‘lsak-da, otam uyga deyarli qadam 
bosmasdi. Keyin bilsam, Moskvaga 
o‘qishga ketibdi. Yuqori tashkilotlar 
davlat ishidagi taniqli arboblarni 
siyosiy jihatdan yanada chiniqtirish 
uchun Qizil professorlar institutiga 
o‘qishga jo‘natayotgan ekan. Ular 
orasida otam ham bor edi. Biz bir 
otadan uch farzand edik: men, opam 
va ukam.
IV. Shunday qilib, onamiz bizni 
otamiz huzuriga – Moskvaga olib 
boradigan kun ham yetib keldi. 
…Poyezdda roppa-posa besh kun 
yurdik. Umrimda ilk bor Moskvaga 
boryapmiz. Moskvaga – otajonim 
huzuriga boryapman. Onam o‘sha 
yerda o‘qishimizni orzu qilardi. Otam 
ham Moskvada so‘qqabosh bo‘lib 
yashayotganini rahbarlarga arz qilib, 
bola-chaqasini olib kelishga ruxsat 
olgan ekan.
O‘sha safar-sayohatning esdan 
chiqmas xotiralari Orol ko‘li 
sohillarida qolib ketdi. Bu ko‘l u 
paytlarda bepayon sahroning 
o‘rtasida chayqalib yotgan ko‘m-
ko‘k dengiz edi. Hayotimda ilk bor 
ko‘rgan dengizim ham Orol edi. 
Uning zalvorli to‘lqinlari temir yo‘l 
izlariga kelib urilishi hali-hanuz ko‘z 
o‘ngimda turibdi.
Hozir esa dengizning na o‘sha 
ulug‘vorligi, na sehri qolgan. Suvi 
qurib, o‘lib borayotgan bir ko‘lmakka 
o‘xshaydi. Dunyo ahlining ayni 
zamondagi ekologik vazifasi – 
Orolning qadimiy holatini tiklashdan 
iboratdir.
Orol ko‘lidan keyin ulug‘ Volga 
daryosiga duch keldik. Yam-yashil 
vodiylar-u cheksiz to‘qaylaroralab 
Rossiyaga kirib bordik. 
Moskvaning qadimiy va tarixiy 
Vorovcskiy ko‘chasi hozir ham bor. 
Bu ko‘chada keyinchalik menga 
qadrdon bo‘lib qolgan Yozuvchilar 
uyushmasi joylashgan. Shu 
ko‘chadagi beshinchi uyda biz 
yashaganmiz. Moskvaga kelib, bu 
yerning shart-sharoitiga asta-sekin 
ko‘nikdik.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling