Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


ham shakli bilan yasalgan otlar ham shunday ma’noni bildiradi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

ham shakli bilan yasalgan otlar ham shunday ma’noni bildiradi: 
hamxona, hamshahar, hamqishloq, hamfikr. 
-chi kasb-hunar, mutaxassislik ma’nosini ifodalaydi: ishchi, haydovchi, 
tilchi, tarixchi. 
-shunos – fan sohasi mutaxassisini bildiradi: tilshunos, adabiyotshunos, 
o‘lkashunos. 
 

 
 Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
1-mashq. Quyidagi so‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling. 
Исскуствовед, зло, веселье, грусть, собеседник, текстолог, 
экономист, правовед, посол, сотрудник, представитель, помощник, 
продaвец. 
 
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘yib gaplarni 
ko‘chiring. 
1.Shaharda obodon…ishlari olib borilyapti. 2. Quruv…lar binoni 
bayramga qurib bitkazdilar. 3. O‘zbekiston paxta… sanoati bo‘yicha 
dunyoning yetakchi davlatlari qatorida turadi. 4. Aziz yurt…! Navro‘z 
bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! 5. Alisher Navoiy buyuk shoir, davlat arbobi, 
adabiyot…va til…dir. 6. Ulug‘ yozuvchi F. Dostoyevskiy shunday yozadi: 
“Go‘zal… dunyoni qutqaradi”. 
3-mashq. Bu kim? So‘zlarni izohlang. 
Muhandis, manqurt, pragmatik, dallol, da’vogar, dinshunos, voiz, kotib, 
safsataboz, tashabbuskor, ig‘vogar, mutafakkir, musavvir, muhaddis, sohib, 
namoyanda, alloma. 


16
4-mashq. Shaxs otlari yasang. 
Savdo, iqtisod, talab, ta’minot, iste’mol, ruh, giyoh, soat, mahalla, 
adabiyot, zar, siyosat, do‘ppi. 
G R A M M A T I K A 
OTLARNING KICHRAYTIRISH, HURMATLASH VA 
ERKALASH SHAKLLARI 
O‘zbek tilida munosabat ifodalovchi kichraytirish, erkalash , hurmatlash 
otlari mavjud bo‘lib, hurmat, erkalash, kichraytirish kabi ma’nolarni 
bildiradi. Ular quyidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi: 
˗ cha: kuchukcha, uycha 
˗ choq, -chak, -chiq: – toychoq, kelinchak, qopchiq 
˗ (a)loq: qizaloq, bo‘taloq 
˗ jon: onajon, Rustamjon
˗ xon: Lolaxon, akaxon 
˗ oy: Hulkaroy 
˗ begim: Xonzodabegim 
˗ nisa: Zaynabnisa 
˗ bonu: Xurshidabonu 
˗ bibi: Kumushbibi 
˗ bek: Otabek, Azizbek 
˗ boy: Mirzakarimboy, Tursunboy 
˗ gina: qizgina, bolagina
˗ vachcha: amakivachcha 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling