63
Eslab qoling:
-
sa shart mayli qo‘shimchasi
kerak so‘zi bilan qo‘llansa, faraz, taxmin
ma’nosini bildiradi. Masalan:
Bu yil qish sovuq bo‘lsa kerak.
-sa shart mayli qo‘shimchasi
bo‘ladi so‘zi bilan qo‘llansa, mumkinlik,
imkoniyat borligi ma’nosi ifodalanadi. Masalan:
Bu ishni bir kunda qilsa
bo‘ladi.
-sa shart
mayli qochimchasi mayli so‘zi blan qo‘llansa, ruxsat so‘rash
ma’nosini bildiradi. Masalan:
Ketsam maylimi
Grammatika bo‘yicha mashqlar
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli fe’llarni shart maylida qo‘ying.
1. Agar u bizning shartlarimizga ….., biz u bilan shartnoma tuzamiz.
2.Sen …, biz birga ishlashimiz mumkin. 3. Agar ertaga bo‘sh vaqtingiz …,
ikkalamiz shaharni aylanaylik. 4. Uni yana yarim soat kutamiz, agar…,
ketamiz. 5.
Mashina haydaganda, ko‘cha harakati qoidasini buzish mumkin
emas. Agar ...., to‘laysiz. 5. Men ertaga juda erta turishim kerak, iltimos,
agar erta… , meni ham soat 6 da uyg‘oting. 6.
Agar imtihonlarga yaxshiroq
…., universitetga kirar eding.
(rozi bo‘lmoq, bor bo‘lmoq, buzmoq, tayyorlanmoq, kelmoq/kelmaslik,
turmoq)
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying.
1. Agar sening bo‘sh vaqting bo‘l…., biznikiga kel. 2. Agar siz menga
o‘zbek tilida sekin gapir...., men gapingizni tushunaman. 3.
Men testlarni
yaxshi topshir...., ota-onam juda xursand bo‘ladi. 4. Inson giyohvand
moddalarni ko‘p iste’mol qil…., ularga nisbatan tobe bo‘lib qoladi.5. U har
kuni sport bilan shug‘ullan…, sog‘lom bo‘ladi. 6.
Agar sizga giyohvand
modda taklif qil….lar, “Yo‘q! Kerak emas” deb javob bering. 7. Biz o‘z
maqsadimizga erishsishni juda qattiq xohla….va unga erishish uchun juda
qattiq harakat qil…., albatta, o‘z maqsadimizga erishamiz. 8.Ular soat
uchgacha kelma…., biz boshqa kutmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: