64
tilini yanada chuqurroq o‘rganmoqchiman. Qayerdan yaxshi lug‘at top....
bo‘ladi? 6. Bu yil yoz juda issiq bol….. kerak. 7. Vaqt juda kech bo‘ldi. Endi
u kelma….kerak. 8. Yaxshilab o‘ylab ko‘ril…, bu muammoni hal qil…
bo‘ladi.
4-mashq. Matnni o‘qib, sarlavha qo‘ying. Tarjima qiling. Ajratilgan
gaplarda -sa qo‘shimchasining ma’nosini tushuntiring.
TO‘G‘RI YO‘L
Bankey haftalab meditatsiya bilan shug‘ullanar edi. Shunday kunlarda
uning yoniga butun Yaponiyadan shogirdlari kelar edi.
Mashg‘ulotlar vaqtida bir o‘quvchi o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushdi.
Shogirdlari Bankeydan “uni haydab yuboring” deb iltimos qildilar.
Muallim
rozi bo‘lmadi. O‘sha bola yana o‘g‘rilik bilan ushlandi. Bankey bu gal ham
hech qanday chora ko‘rmadi. O‘qituvchilarining parvosizligidan xafa bo‘lgan
o‘quvchilar
endi unga “agar o‘g‘rini haydamasangiz, biz ketamiz”, deb
yozma ravishda arz qildilar. Bankey arznomani o‘qib chiqib,
shogirdlarini bir
yerga to‘pladi-da, ularga shunday dedi: “Hammangiz aqllisiz,
nima yaxshi va
nima yomon ekanini yaxshi bilasiz.
Xohlagan joyingizga borib o‘qisangiz
bo‘ladi. Ammo hali nima yaxshi va nima yomon ekanligini farqlamaydigan
bu bolaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mening burchim emasmi?
Hammangiz
ketsangiz ham, u shu yerda qoladi”.
Bu gaplar bolaga qattiq ta’sir qildi, uning ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi.
Shu-shu u o‘g‘rilik qilmagan ekan.
(“Dzenga oid 101 hikoyat”dan)
Do'stlaringiz bilan baham: