Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Najosat va najosatdan poklanish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Najosat va najosatdan poklanish  
Najaslar ikki xil bo‘ladi: najasi g‘aliza, najasi xafifa. 
Aroq, oqqan qon, o‘lib qolgan hayvon go‘shti va oshlanmagan teri, go‘shti yeyilmaydigan 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
hayvonlarning siydigi it va yirtqich hayvonlar axlati, so‘lagi, tovuq, g‘oz hamda o‘rdak axlati. inson 
vujudidan chiqqan tahoratni buzuvchy (qon, maniy, maziy, vadiy kabi) narsalar najasi g‘aliza 
hisoblanadi. 
Ot va go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydigi hamda go‘shti yeyilmaydigan (lochin, kalxat) 
qushlarning axlati kabilar najasi xafifa deyiladi. 
Najasi g‘alizaning dirham miqdori quyuq najosatlarda 3,2 gr. va suyuq najosatlarda esa ochiq qo‘l 
kaftining suv turadigan qismiga teng miqdor yoyilishidir. Najasi xafifa kiyim va badanning to‘rtdan 
biridan oz miqdoriga yoyilsa, namozga mone emas. Igna uchi qadar mayda bo‘lgan siydik 
tomchisining ham zarari yo‘q. 
Harom to‘shak yoki tuproqqa yotgan kishining terisi yoki oyog‘ining nami bilan ho‘l bo‘lib, oyoq yoki 
badanda najosat asorati ko‘rinsa, badan va oyoq harom bo‘ladi. Aks holda harom bo‘lmaydi. 
Siqilganida suv chiqmaydigan darajada nam bo‘lgan harom kiyimga o‘ralgan pok va quruq kiyimlar 
ham harom bo‘lmaydi. 
Quruq, iflos joyga yoyilgan nam kiyimlar ham yer undan nam bo‘lib qolsada, nopok bo‘lmaydi. Najas 
narsa ustidan esayotgan shamol kiyimga tegsa ham, uni iflos qilmaydi. Faqat kiyimda biror asorati 
qolsa, iflos bo‘ladi. 
Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi?  
Qonga o‘xshash ko‘rinib turgan najas bir marta yuvib tashlash bilan ketkaziladi. Batamom ketkazish 
qiyin bo‘lib, narsalarda najosat asorati (rang, hid kabi) qolsa, zarari yo‘q. Siydikka o‘xshash aniq 
ko‘rinmaydigan najosatlar uch marta yuvish va har bir yuvishdan so‘ng siqib tashlash bilan ketkaziladi. 
Libosga, badanga tekkan najaslar suv, sirka, gul suvi kabi suyukdiklar bilan yuvib poklanadi. 
Mahsi va shunga o‘xshash narsalar unsurli najosatdan nam bo‘lganida ham yerga yoki tuproqqa surtish 
bilan, qilich (pichoq) va unga o‘xshash narsalar esa, artib tozalash bilan poklanadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling