Tahoratsiz kishi uchun harom bo‘lgan amallar
Tahoratsiz kishiga quyidagi uch amalni qilish haromdir:
1. Namoz o‘qish.
2. Qur’onni yoki bir oyati karimani g‘ilofsiz ushlash.
3. Ka’bani tavof qilish.
Istihoza va shunga o‘xshash narsalarning hukmlari
Istihoza burundan to‘xtovsiz qon oqishi kabi holat bo‘lib, namoz o‘qish, ro‘za tutish va jinsiy aloqa
qilishga Monelik qilmaydi. Istihozali ayol xuddi siydigini tuta olmagan yoki davomli ichi ketayotgan
kishidek uzrli hisoblanib, har bir namoz vaqti kirgach, tahorat qiladi va xohlaganicha farz yoki nafl
namoz o‘qishi mumkin. Uzrli kishilarning tahorati namoz vaqti chiqishi bilan buziladi,
Izoh: Bu hukm Imomi Azam, roziyallohu anhu, va Imom Muhammadga ko‘radir. Yani uzrli kishi
bomdod namozi uchun qilgan tahorati bilan faqat bomdod namozini o‘qiydi. Tahoratni buzuvchi
boshqa sabab bo‘lmasa ham, quyosh chiqishi bilan uning tahorati buziladi. Imom Abu Yusufga ko‘ra,
uzrli kishining tahorati namoz vaqti kirishi bilan ham, chiqishi bilan ham buziladi. Bunga ko‘ra, uzrli
kishining quyosh chiqqanidan so‘ng qilgan tahorati peshin vaqti kirishi bilan buzi ladi.
Imomi Azam va Imom Muhammadga ko‘ra esa, uzrlining, tahorati namoz vaqti kirishi bilan
buzilmaydi. Imom Zufarga ko‘ra, uzrlining tahorati faqat namoz vaqti kirish bilan, ya’ni bomdod
namozi uchun qilgan tahorati, quyosh chiqishi bilan emas, balki peshin namozi vaqti kirishi bilan
buziladi.
Odam qachon uzrli hisoblanadi?
Uzrga sabab bo‘lgan holat boshlanganidan so‘ng to‘la bir namoz vaqti o‘tgunicha hech to‘xtamay
davom etsa, kishi uzrli hisoblanadi.
Davomiylik sharti
Uzrning davomiylik sharti dastlab boshlangan paytda bir namoz vaqtini to‘la qamrab olgach, keyingi
namoz vaqtida bir marta bo‘lsa ham yana ro‘y berishidir. Uzrning nihoyasiga yetishi, yani uzrli
holatdan chiqish sharti, bir; vaqt namoz muddatida to‘liq uzrdan xoli bo‘lish, ya’ni uzrsiz o‘tkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |