Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
MASH BO‘LIMI
Mahsiga mash tortish
Mahsiga erkaklar ham, ayollar ham tahorat qilayotganlarida mash tortishlari mumkin.
Mahsiga mash tortishning joiz bo‘lish shartlari
Mahsiga mash tortishning joiz bo‘lishi uchun yettita shart bor:
1) Mahsi tahorat qilib, oyoqlar yuvilganidan so‘ng kiyilgan bo‘lishi kerak. Oldin
oyoqlarni yuvib,
tahoratni tamomlamasdan mahsini kiyish ham mumkin. Bu holda tahorat tamomlangunicha tahoratni
buzuvchi hech bir amal sodir etmasligi kerak.
2) Mahsi oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib yopishi zarur.
3) Mahsi o‘rtacha odimlab kamida bir farsah (taqriban 80 km) beto‘xtov yo‘l
bosishga imkon berishi
lozim. Shu bois shisha, taxta va temirdan qilingan mahsilarga mash tortish joiz emas.
Chunki bunday
mahsilar insonga aziyat beradi.
4) Mahsining to‘piqdan pastki qismida uchta barmoq sig‘adigan yirtig‘i bo‘lmasligi kerak.
5) Mahsilar hech qanday bog‘ichsiz oyoqda turadigan darajada qalin bo‘lishi zarur.
6) Mahsi oyoqqa suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.
7) Har bir oyoqning oldi tarafida uch barmoq miqdori mash tortiladigan qismi bo‘lishi zarur. Bunga
ko‘ra, oyog‘ining barmoqlar tarafi yo‘q kishi, tovon tarafi bo‘lsa ham, mahsiga mash torta olmaydi.
Izoh: Agar oyog‘i to‘piq ostidan kesilgan bo‘lib, tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan qismi qo‘lning uch
barmog‘i enidan oz qolgan bo‘lsa, sog‘lom oyog‘ining mahsisiga mash torta olmaydi. Chunki kesilgan
oyoqning qolgan qismi mash qilinadigan miqdordan oz qolgani uchun, unga mash tortish joiz emas.
Sog‘lom oyoqqa mash tortiladigan bo‘lsa, yuvish va mash tortish birgalikda bajariladiki, bu ham
nojoizdir).
Mashning muddati
Mashning muddati muqim uchun
bir kechayu bir kunduz, safardagilar uchun uch kechayu uch kunduz,
ya’ni 72 soatdir. Muddat mahsi kiyilganidan so‘ng, tahorat buzilgan vaqtdan etiboran boshlanadi.
Muqim kishi mash muddati o‘tmay,
safarga chiqsa, mash muddatini safardagilar kabi tamomlaydi.
Safar niyati bilan mash tortgach, bir kecha-kunduzdan so‘ng,
qayta muqimlikka niyat qilsa, darhol
mahsisini yechadi. Agar bir kecha-kunduz to‘lmagan bo‘lsa, bu muddatni to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: