Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Tayammumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Tayammumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari  
Tayammumning sabablari va vojib bo‘lishining shartlari tahoratning sabab va shartlari bilan bir xildir. 
Tayammumning ruknlari  
Tayammumning to‘rtta farzi bor: 
1. Niyat 
2. Toza tuproqqa qasd qilmoq (qo‘lini urmoq). 
3. Yuziga mash qilmoq. 
4. Yana ikkinchi bor tuproqqa qo‘lini urib qo‘llarini tirsagi bilan qo‘shib mash qilmoq. 
Izoh: Bu haqda Payg‘ambarimizdan, somallohu alayhi va sallam, shunday mazmundagi hadis rivoyat 
qilingan: "Yerga birinchi urish bilan yuz, ikkinchisida qo‘llar tirsaklar bilan qo‘shib mash qilinadi. 
Qo‘llarni ikki marta yerga urib tayammum qilinadi ". So‘ngra Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va 
sallam, odamlarga ko‘rsatib berish maqsadida ikki kaftlarini yerga urib, yuzlariga mash tortadilar, 
keyin yana qo‘llarini yerga urib, ham ichki, ham tashqi tomoniga mash tortadilar.  
Tayammum qilishdan oldin barmoqlardagi uzuklar chiqariladi. Yuzning ikki quloq orasidagi qismi 
to‘la mash qilinadi. 
Tayammumning sunnatlari  
Tayammumning yettita sunnati bor: 
1. Tayammumni "Bismilloh" bilan boshlamoq. 
2. Tartibga rioya qilmoq (avval qo‘llarni tirsaklari bilan qo‘shib, so‘ngra yuzni mash qilmoq). 
3. Qo‘llar va yuzni mash qilish orasini uzmaslik. 
4. Har ikki qo‘lni tuproqqa urgach, ularni changga pasaytirib tutib ko‘tarish (qoqish). 
5. Qo‘llarni silkitmoq. 
6. Tuproqqa yaxshi tegishi uchun barmoqlar orasini ochmoq. 
7. Vaqt chiqmasdan avval suv topishga umid qilgan kishi tayammumni namoz vaqtining oxirigacha 
kechiktirishi mustahabdir. 
Suv berilishi va’da qilingan kishiga, namoz qazo bo‘lishidan qo‘rqsa ham, tayammumni kechiktirish 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
vojibdir. 
Kiyim berilishi va’da qilingan yalang‘och kishi, namoz qazo bo‘lib qolishidan qo‘rqmasa, namozni 
kechiktirishi zarur. 
Suv olish uchun paqir, arqon kabi anjomlar berish va’da qilingan holda quduq boshida kutib turgan 
kishiga namoz vaqti chiqishidan qo‘rqmasa, anjomlar bilan taminlangunicha tayammumni kechiktirish 
vojibdir. 
Suvni axtarish  
Yaqin orada suv bor deb o‘ylagan kishi, bexatar bo‘lsa, to‘rt ming qadam masofa orasida suv izlashi 
vojibdir. 
Kishi xalqi xasis bo‘lmagan bir joyda turgan bo‘lsa, (tayammum qilmasdan avval, suvi ko‘p bo‘lgan 
biror) kishidan suv so‘rashi zarur. Agar u suvni faqatgina pul evaziga beradigan bo‘lsa, suv so‘ragan 
kishining yeyish, ichish kabi zarur xarajatlaridan ortiqcha puli bo‘lsa, suvni sotib olishi kerak. Suv 
uchun juda katta haq talab qilinsa yoki uni o‘z qiymatida sotib olishga puli yetmasa, tayammum qiladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling