Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Tayammum  
Tayammumning durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar lozim: 
1. Niyat. Niyatning mohiyatiga tayammum qilinmoqchi bo‘lgan narsaga qalban bog‘lanish bo‘lsa, 
vaqti tayammum qilinadigan narsa ustiga qo‘llar urilgan paytdir. 
Niyat durust bo‘lishining uchta sharti bor:
a). Niyat qiluvchining musulmon bo‘lishi.
b). Niyat qilgan ibodatini, boshqa ibodatlardan ajrata olish.
v). Kishi niyat qilgan ibodatining mohiyatini (yani farz, vojib yoki sunnat ekanini) bilish. 
Tayammum qilib namoz o‘qishning ham shartlari bor: 
— tayammum qilib tahorat olishni niyat qilish;
— namoz o‘qishni o‘ziga halol etishni niyat qilish (chunki tahoratsiz yoki tayammumsiz namoz o‘qish 
haromdir); 
— tahoratsiz ado etish mumkin bo‘lmagan janoza namozi yo tilovat sajdasi kabi mustaqil bir ibodatga 
niyat qilish. 
Faqat tayammum qilishni niyat qilib tayammum qilgan bo‘lsa yoki Qur'oni karim tilovati uchun 
qilingan tayammum bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi. 
2. Tayammumni muboh qiladigan quyidagi holatlardan biri yuz berishi: 
a) shahar joyda bo‘lsa ham, suvdan to‘rt ming qadam (uch km.) olisda bo‘lishi;
b) suv ishlatish mumkin bo‘lmagan biror kasallikka chalinishi;
v) havoning bazi azolarga zararli yoki kasallikka sabab bo‘ladigan darajada sovuq bo‘lishi;
g) ozgina suv bor bo‘lib, unga ham xamir qorish ehtiyoji bo‘lganida (sho‘rva kabi unchalik zaruriy 
bo‘lmagan taomlar pishirilishi ehtiyoj hisoblanmaydi);
d) quduqdan suv tortish uchun (paqir, arqon kabi) zarur jihozlarning yo‘qligi, tahorat qiladigan bo‘lsa, 
janoza yoki hayit namoziga borishidan yo kelgan joyidan ulgura olmasligy malum bo‘lsa. 
Izoh: Tahoratli holda hayit yoki janoza namozini boshlaganida, namoz ichida tahorati buzilgan 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
kishining namozdan chiqib, tahorat yangilaganidan so‘ng, namozini kelgan joyidan davom ettirib, 
tamomlashi "bino qilish" deyiladi. Janoza yo hayit namozida tahorati buzilgan kishi, tahorat 
yangilashga ketsa, jamoat namozni tamomlashidan qo‘rqsa, tayammum qilib, namozni davom ettiradi 
va shu yo‘l bilan qazosini o‘qish mumkin bo‘lmagan namozlarni o‘tkazib yubormagan hisoblanadi. 
Janoza, hayit namozi boshlanganida ham shu hukmga amal qilinadi). Juma, besh vaqt farz namozdan 
birini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish uzr emas (chunki juma namozi o‘tib ketsa, o‘rniga peshin 
namozini, namoz vaqti chiqqan bo‘lsa, qazosini o‘qish mumkin). 
3. Tayammum yer jinsi hisoblangan tuproq, tosh yoki qumga o‘xshash pok narsalarga qilinadi. Oltin, 
kumush va yog‘och materiallariga o‘xshash narsalarga tayammum qilish joiz emas. 
4. Tayammumda mash qilinadigan azolarni to‘la mash qilish. 
5. Tayammum mashini qo‘lning butun ichki yuzasi yoki aksar qismi bilan qilmoq. 
6. Tayammumda ikki qo‘l kaftini, bir joyga bo‘lsa ham, ikki marta urish. Tayammumga niyat qilish 
sharti bilan, tuproqning biror vosita yordamida qo‘l kaftiga tegishi ham ikki zarb o‘rniga o‘tishi 
mumkin. 
7. Tayammum qilayotganida hayz, nifos, tahoratsizlik kabi tayammumga zid holatlardan xoli bo‘lish. 
8. Sham va yog‘ kabi tayammum mashining (teriga tegishiga) mone bo‘ladigan narsalardan poklanish. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling