Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Sunnat bo‘lgan g‘usl turlari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
Sunnat bo‘lgan g‘usl turlari
To‘rt amal uchun g‘usl qilish sunnatdir: 1. Juma namozi uchun. 2. Hayit namozlari uchun. 3. Haj va umra niyatida ihromga kirish uchun. 4. Arafotda vuquf qilish uchun. Quyidagi o‘n olti holatda g‘usl qilish mustahabdir: 1. Janobat, hayz va nifosdan pok holda Islomni qabul qilganida. 2. Yoshi jihatidan, hukman balog‘atga yetganida (15 yoshga to‘lgan o‘g‘illar va 12 yoshga to‘lgan qizlar ehtilom va hayz ko‘rmagan bo‘lsalarda, hukman bolig‘ va mukallaf hisoblanadi). 3. Mastlik va telbalik bois hushidan ketib, so‘ng o‘ziga kelganida. 4. Qon oldirganidan so‘ng. 5. Mayitni yuvishdan oldin. 6. Baroat (Shabon oyining 15-dan 16-ga o‘tar) kechasini ibodat bilan o‘tkazish niyatida. 7. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish maqsadida. 8. Madinai Munavvaraga kirish uchun. 9. Qurbon hayiti kuni tongda Muzdalifada turish uchun. 10. Makkai Mukarramaga ziyorat tavofi uchun kirishda. 11. Quyosh yo oy tutilganida o‘qiladigan namoz uchun. 12. Yomg‘ir so‘rab duo qilishga chiqish oldidan. 13. Biror narsadan qo‘rqqanida o‘qiladigan namoz uchun. 14. Kunduzi (tuman kabi) zim-ziyolikdan qo‘rqib o‘qiladigan namoz uchun. 15. Kechayu kunduz davom etgan qattiq shamoldan qutulish niyatida o‘qiladigan namoz uchun. 16. Har qanday gunohdan tavba qilish uchun. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Takrorlash uchun savollar 1. Tahoratni tariflang. Poklanish joiz bo‘lgan suvlar haqida gapirib bering. 2. Ikki xil sifati bo‘lgan suyuqliklar qachon tabiiy suvni o‘zgartirgan bo‘ladi? Sifati yo‘q suyuqliklarchi? 3. Qoldiq suvni tariflab, uning turlarini, har bir turining hajmlarini aytib bering. Aksar qismi toza bo‘lgan suv idishlari hukmi bilan nopok va toza kiyimlarning aralashib ketishi orasidagi farqni bayon qiling. 4. Najas tushib ketganida, katta quduq bilan kichik quduq orasidagi farqni aytib bering. Qo‘y va tuya qumalog‘i bilan quduq suvi qanday holatlarda iflos hisoblanadi? 5. Quduq suvi inson najosatidan qancha tushsa iflos bo‘ladi? Agar suvga xachir, eshak go‘ngi, so‘laklari tushsa, hukmi qanday bo‘ladi? 6. Istinjo qachon sunnat, qachon vojib, qachon farz bo‘ladi? Erkak bilan ayol istinjosi orasidagi farqni ayting, istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalarni bayon qiling. 7. Tahoratning ruknlari, sabablari, hukmi, uni vojib qiladigan hollar, durustligining shartlari va makruhlarini tushuntirib bering. 8. Tahorat qachon farz, qachon vojib va qachon mustahab bo‘ladi? 9. Tahoratni buzadigan va buzmaydigan narsalardan beshta-beshtasini aytib bering. 10. G’uslni vojib qiladigan hamda vojib qilmaydigan narsalarni aytib bering. 11. G’uslning farz va sunnatlarini bayon qiling. 12. G’usl qilish odobi, makruhlarini va g‘usl qachon sunnat, qachon mustahab bo‘lishini bayon qiling. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling