Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’uslning farzlari
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar
Quyidagi hollarda g‘usl qilish vojib emasdir: 1. Maziy, ya'ni jinsiy lazzat olmasdan, shahvat paytida kelgan quyuq suv. 2. Vadiy, ya’ni bavl qilmasdan avval yoki undan so‘ng, bazan og‘ir narsa ko‘targanida, keladigan oq suyuqlik. (Maziy va vadiy tahoratni ketkazsa ham, g‘usl qilish shart emas. Ikkalasi ham siydik hukmidadir). 3. Ehtilom bo‘lgandek uyg‘onsayu, maniy chiqmasa, ichki kiyimda namlik ko‘rilmasa, g‘usl qilish shart emas. 4. Inzol (ehtilom) bo‘lmagan holda, hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish (Shofeiy mazhabida bu g‘uslni Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 15 vojib qiladi). 5. Juda jirkanch va harom ish bo‘lsa ham, hukm jihatidan) inzol yuz bermagan holda o‘lik bilan jinsiy aloqa qilish (bunday nomaqbul aloqada shahvoniy lazzat kuchli bo‘lmaganidan inzol yuz bermaydi). Ayollar bilan aloqa qilinganida maniy kelmasa ham, g‘usl vojib bo‘ladi. 6. Inzol yuz bermasdan va qizlik iffatini buzmagan holda yaqinlik qilish (chunki qizlik iffatining buzilmasligi junub bo‘ladigan darajada jinsiy aloqa sodir etmaganidan dalolatdir). G’uslning farzlari G’uslning uchta farzi bor. 1. Og‘izni yuvmoq. 2. Burunni achishtirib chaymoq. 3. Butun tanani ishqalab yuvmoq. Quyidagilar g‘uslning vojiblaridir: 1. Qiyinchiliksiz ochiladigan, sunnat qilinmagan terining ichini yuvish. 2. Kindik chuqurchasining ichini yuvmoq. 3. Quloqdagi sirg‘a taqiladigan teshikcha ichini yuvish. 4. Erkaklarning o‘rilgan sochlarini yechib yuvishi, ayollar o‘rilgan sochning ostiga suv yetkazishsa, kifoya. 5. Qalin bo‘lsa ham, soqol tublarini yuvish. 6. Mo‘ylab tublarini yuvish. 7. Qoshlarning ostilarini yuvish. 8. Ayollarning farj va maqadni, erkaklarning esa maqadning tashqi qismini yuvishi. Izoh: G’uslda ayollar o‘rilgan sochlarini yechishlari shart emasligiga quyidagi hadisi sharif dalildir: "Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, zavjalaridan Ummu Salama, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: "Men Rasulullohdan, sollallohu alayhi va sallam, yuvinayotganimda o‘rilgan sochlarimni yechishim lozimmi, deb so‘radim. Ul zot, sollallohu alayhi va sallam, "Boshingga uch marta suv quyishing, so‘ngra vujudingning qolgan joylariga suv yetkazib poklanishing kifoyadir ", deb javob berdilar ". Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling