www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Tahoratni buzadigai narsalar
1. Olddan va orqadan chiqqan narsalar (najosat).
2. Hech qanday qon ko‘rinmasa ham, tug‘ish.
3. Old va orqadan boshqa, vujudning istalgan joyidan oqqan qon va yiring kabi narsalar.
4. Xoh ovqat, xoh suv yoki quyuq qon yoki safro bo‘lsin, og‘iz to‘la qusmoq. Og‘iz to‘laligi, sahih
naqlga ko‘ra, qiynalib qoladigan darajadagi to‘lalikdir. Bitta sabab tufayli qusish oz-oz bo‘lib, jami
og‘izni to‘ldiradigan bo‘lsa, u ham ayni hukmdadir.
5. Og‘izdan tupurgiga teng yoki undan ham ko‘p qon oqishi.
6. Oyoqlar ustiga o‘tirgan holda, chalqancha yoki yuztuban yotgan holda, maqadni batamom yerga
tekkizmasdan uxlamoq.
7. Tamakkun etgan holda (maqadni batamom yerga tekkizib) uxlagan kishining yiqilmasa ham,
uyg‘onmasdan maqadini yerdan ko‘tarishi.
8. Hushidan ketmoq.
9. Jinni bo‘lmoq (aqldan ozmoq).
10. Mast bo‘lmoq.
11. Balog‘atga yetgan va uyg‘oq kishining rukuli va sajdali holda namozda qahqaha bilan kulishi,
namozdan chiqish maqsadida bo‘lsa ham.
12. Erkak jinsiy a’zosi ayol jinsiy a'zosiga (ichki kiyim) kabi hech qanday to‘siqsiz tegishi tahoratni
buzadi.
Tahoratni buzmaydigan narsalar
Quyidagi narsalar tahoratni buzmaydi:
1. Chiqqan joyidan yon-atrofiga yoyilmagan qon.
2. Qotgan yaraning qon oqmagan holda ko‘chib tushishi, asosan, sigirlar, ba’zan insonlar terisida ham
uchraydigan qurt (irqi madaniy, nukra).
3. Yaradan, quloq va burundan qurt chiqishi.
4. Jinsiy azoni ushlash.
5. Og‘zi to‘lmagan holda qusmoq.
6. Ko‘p bo‘lsa ham, balg‘am tashlamoq.
7. Ochiq qavlga ko‘ra, maqadi joyidan ajralmasdan uxlayotgan kishining joyidan o‘ngga, chapga
burilishi.
8. Rukuda bo‘lsa ham, namoz o‘qiyotgan kishining uxlashi.
9. Sunnatga mos tarzda, sajda holida bo‘lsa ham, namoz o‘qiyotgan kishining uxlashi.
Muvaffaqiyat Allohdandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |