Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Xalodan o‘ng oyoq bilan chiqiladi va "Mendan kulfatni ketkazib, ofiyat bergan Alloh taologa hamd 
bo‘lsin", yoki "G’ufronaka" deyiladi. 
Tahoratning farzlari 
Tahoratning to‘rt farzi bor: 
1. Yuzni, peshonaning soch chiqqan joyidan boshlab iyak ostigacha, ikki quloq yumshoqlari oralig‘ini 
yuvmoq. 
2. Qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib yuvmoq. 
3. Boshning to‘rtdan bir qismiga mash tortmoq. 
4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvmoq. 
 
Tahoratning hikmatlari 
Dinimiz namozga turishdan oldin, malum azolarni yuvishni (tahorat qilishni) buyurgan. Bundan 
maqsad faqat shu azolarni turli iflos narsalardan tozalash emas, balki moddiy tozalik bilan bir qatorda, 
o‘sha azolar vositasida qilingan gunohlarni manaviy, ko‘rinmaydigan kir va dog‘larni tavba. istig'for 
suvi bilan poklash hamdir. Bu jihatdan tahoratda azolarning yuvilish tartibida hayratomuz teran 
hikmatlar mavjud. Bunda katta hikmat shuki, eng avval Allohning amrlariga isyon qilib, shaytonga 
itoatda peshqadam bo‘lgan azolar, so‘ngra unga ergashib gunoh ishlar qiluvchi boshqa azolar navbati 
bilan yuviladi. 
1. Yuvilishi farz bo‘lgan azolarning birinchisi yuzdir, chunki inson yuzida (til) og‘iz, burun, ko‘z kabi 
gunoh ishlar qilishda asosiy vosita, sabab bo‘luvchi azolar bor. Masalan, harom narsalarni tishlab-
chaynab, ichga yutuvchi og‘izdir. Haqoratlar, g‘iybatlar, tuhmatlar, yolg‘onlar, insonlarning orasini 
buzuvchi, fitnakor va adashtiruvchi fikrlar, behayo so‘zlar til orqali og‘izdan chiqadi. Demak, xoh 
Allohga qarshi, xoh bandalarga qarshi bo‘lsin, eng katta yomonliklarning amalga oshirilish o‘rni 
og‘izdir. Ko‘zlarchi! Eng sirli yomonlikni ham o‘zidan qochirmaydigan va boshqa azolarni ortidan 
yugurtiradigan ular emasmi? Yomonlikning hidini olib, butun vujudni o‘sha tomonga yo‘naltirgan 
burunning banda qilgan gunohlardagi hissasi ozmi? 
Shuning uchun gunohga, taqiqlangan amallarga boshlovchilik qilib, yo‘l ochib bergan bu azolarni, yani 
yuzni eng avval yuvish buyurilgan. Bu azolardagi kir va iflosliklar suv bilan ketkazilganidek, ularni 
tavba, istig‘for va zikrulloh bilan poklash, yaxshi amallarga ishlatish zarur, toki haqiqiy musulmon 
bo‘lsinlar. 
2. Yuzdan so‘ng yuvish navbati qo‘llarga keladi. Chunki bir yomon ishni boshlashda avval til 
so‘zlaydi, so‘ngra ko‘zlar ko‘rib, keyin qo‘llar vazifani bajaradi va mazkur yomonlikka sherik bo‘ladi. 
Shu bois shaytonga ergashishda til va ikki ko‘zdan so‘ng darhol qo‘llarning zohiriy kirlari suv bilan, 
botiniy iflosligi esa, Allohga tavba qilish fayzi bilan poklanishi g'oyat o‘rinlidir. 
3. Tahoratning uchinchi farzi boshga mash tortishdir. Tahorat bilan jismoniy kirlarni ketkazibgina 
qolmay, ko‘proq manaviy poklikka etibor berilishining yorqin misoli boshga mash tortishda ko‘rinadi. 
Chunki, shariy qoidaga ko‘ra, bosh doim biror narsa bilan yopilib, yani bosh kiyim kiyib yuriladi. 
Ochiq holatda ham qalin sochlar bosh terisini chang-to‘zonlardan yaxshi himoya qiladi. Shu bois 
boshni har kuni besh marta yuvishga zarurat qolmaydi. Har bir tahoratda boshni yuvish og'ir ishdir. Bu 
bandalariga yengillikni xohlagan Allohning g'oyasiga zid. Ammo bosh, manaviy poklanishda aslo 
beparvolik qilib bo‘lmaydigan azo. Har qanday gunoh xabarini olib-olmay, fikrlaydigan, reja tuzib, 
amalga oshirish uchun boshqa azolarga vazifalar yuklaydigan miya bosh ichidadir. Boshdagi bunday 
manaviy dog'larni bandaga eslatish, ularni ketkazish maqsadida mash tortish buyurilgan. Qalb ko‘zi 
ochiq, fikri teran insonlar buning buyuk hikmat ekanini yaxshi biladilar. 
4. Tahoratning oxirgi farzi oyoqlarni yuvish. Oyoqlar vujudni gunoh ishlar qilinadigan joylarga eltib


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling