Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Suv tabiiy holatining o‘zgarish meyori qanday?
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surning (ichilgan suvdan qolgani) hukmlari
Suv tabiiy holatining o‘zgarish meyori qanday?
a) Suvga qattiq moddalar tushib, aralashganida uning oquvchanlik va yumshoqlik xususiyati yo‘qolsa, tabiy holati o‘zgargan hisoblanadi. b) Suvga zafaron, meva va yaproq kabi narsalarning aralashishi tufayli uning hidi, mazasi, rangi o‘zgarsada, suvlik xossasi yo‘qolmasa, u bilan tahorat qilishning zarari yo‘q. v) Suvga sut kabi ikki sifati bo‘lgan suyuqlik aralashganida, uning bir sifati suvdan ustun bo‘lsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan bo‘ladi. g) Suvga sirkaga o‘xshash uch sifatli suyuqlik aralashganida, uning ikki sifati suvda zohir bo‘lsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan hisoblanadi. d) Suvga hech qanday sifati bo‘lmagan mustamal suv kabi suyuqlik aralashganida, uning miqdori suv miqdoridan ortsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan bo‘ladi. 4. Najas suvlar: idish yo sathi 10x10 metrdan kam maydonda to‘xtab, ko‘llab qolgan suvga najas tushsa, najasning asari bu suvda bilinmasa ham, suv najas bo‘lib qoladi. Oqar suvga najas tushib, uning asari suvda bilinmasagina, oqar suv najas hisoblanmaydi. 5. Tozalashi shubhali bo‘lgan suvlar: Eshak va xachir suv ichgan idishdagi suvlar tozalashi shubhali suvlardir. Surning (ichilgan suvdan qolgani) hukmlari Oz miqdordagi suvdan biror bir jonzot ichganidan so‘ng qolgani sur deb ataladi va u to‘rt qismga bo‘linadi. 1. Toza va tozalovchi. Otdan qolgan suvning pok bo‘lishi go‘shti halol bo‘lgani tufaylidir. Imomi Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 5 Azamga, rahmatullohi alayh, ko‘ra ot go‘shtining yeyilmasligi nopok bo‘lganligi uchun emas, balki harbiy vosita bo‘lgani uchun, unga ehtirom tufaylidir. Shunday bo‘lgach, aslida pok bo‘lgan hayvonning go‘shtidan vujudga kelgan so‘lagi ham pokdir va u aralashgan suvni ham iflos qilmaydi. Demak, otning qoldig‘i har uchala mazhab rahbarining ittifoqi bilan ham toza va tozalovchidir. Go‘shti istemol qilinadigan hayvondan qolgan suv toza va tozalovchi sur hisoblanadi. 2. Najas, istemol qilish mumkin bo‘lmagan sur: it, to‘ng‘iz, bo‘ri yoki arslon kabi yirtqich hayvonlardan qolgan suvning hukmi ana shunday. 3. Toza suv borligida qo‘llash makruh bo‘lgan sur. Bu mushuk, qarovsiz qolgan tovuqdan, lochin, shunqor, kalxat kabi yirtqich qushlardan, sichqon va shunga o‘xshagan jonzotlardan qolgan suvdir. Chayonning qoldig‘i bunga kirmaydi. Izoh: Mushukdan qolgan suv iflos emas, makruh bo‘lishi xususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: "Mushuklar orangizda (uyingiz ichida) doim o‘ralashib yurishiga siz to‘sqinlik qila olmaydigan hayvonlardir ". Qarovsiz tovuqdan qolgan suv uning doim notoza joyda yurib, suv ichayotgan paytda tumshug‘i nopok bo‘lgani uchun makruhdir. 4. Tozalovchi ekani shubhali bo‘lgan sur. Bu xachir yo eshakdan qolgan sur. Bundan boshqa suv topilmasa, mana shu suvda tahorat olib, so‘ng tayammum ham qilib, namoz o‘qiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling