Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalar
Suyak, inson va hayvon yeydigan narsalar, pishiq g‘isht, sopol, sopol idish parchalari, ko‘mir, shisha, 
ohak, ipak, paxta, bo‘z (latta) parchasi va uzrsiz o‘ng qo‘l bilan old va orqa yo‘llarni tozalash 
makruhdir. 
Izoh: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Xachir, ot, eshak go‘ngi va suyaklar bilan 
istinjo qilmangiz, chunki suyaklar birodarlaringiz jinlarning taomidir. Ular suyaklarni xuddi 
go‘shtlari ajratilmagandek holda topadilar va go‘nglar ularning hayvonlariga arpa, somon bo‘ladi. 
Bularning har ikkisi ham faqat oxirzamon Payg‘ambariga maxsus mo‘jizaning dalilidir ", degan 
manoda hadislari bor. 
Hojatxona odobi  
Kishi hojatxonaga chap oyog‘i bilan kiradi va kirmasdan avval "Auzu billahi min ashshaytonir rojim" 
deydi. 
Izoh: (Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Hojatxonaga kirganingizda jinlarning 
ko‘zlari bilan odam zotning avrat joylari orasidagi parda kishining (kirishdan oldin) 
"Bismilloh"deyishidir ", ma’nosidagi hadislariga ko‘ra, Hojatxonalar jin va shaytonlar mavjud 
bo‘lgan joylardir. "Inson u yerga kirgach, jinlar, erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan 
(sharridan) Allohdan panoh so‘rasin, hadisiga ko‘ra hojatxonaga kiradigan odam, avval, "Bismillah" 
deyishi, so‘ngra "auzu " aytishi sunnatdir. 
Xaloda chap oyog‘iga og‘irligini solgan holda o‘tiradi. Zarurat bo‘lsagina, gapiradi. Hojat ushatganida 
bino ichida bo‘lsa ham, oldini va orqasini qibla tomonga qilishi tahriman makruhdir. 
Izoh: Inson oldi yo orqasini qiblaga qilgan holda hojatxonada o‘tirganida makruh ekanligi esiga 
tushib qolsa, darhol yo‘nalishini o‘zgartiradi. Hadisi sharifda ifoda qilinganiga ko‘ra, bunday harakat 
tufayli iison juda buyuk savobga ega bo‘ladi. Mazkur hadis quyidagichadir: "Dastlab unutgan holda 
tahorat ushatish uchun qiblaga qarab o‘tirgan inson, so‘ngra qiblaga bo‘lgan hurmati tufayli esiga 
tushgach, boshqa tomonga o‘girilsa, u yerdan bu xususdagi barcha gunohlari kechirilgan holda 
chiqadi ". 
Quyoshga. oyga va shamol esayotgan tomonga qarab tahorat ushatish, suvga, soyaga, yer yoriqlariga
yo‘llarga, qabristonga, mevali daraxt tagiga yozilish yoki siyish makruhdir. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, solishyuhu alayhi va sallam, "Sizlardan biringiz aslo turg‘un suvga bavl 
(siydik) qilmasin ", deganlar. Bu xususda qisqacha shuni aytishimiz mumkinki, oz miqdordagi turg‘un 
suvga bavl qilish, u suvni mutlaqo iflos qiladi. Pok narsani hech qanday majburlovchi sababsiz, 
qasddan iflos qilish esa haromdir. Turg‘un suv ko‘p bo‘lgan taqdirda, unga bavl qilish haromga yaqin 
makruhdir. Oqayotgan suvga bavl qilish esa tanzihan makruhdir, ya’ni juda katta zarari bo‘lmasa 
ham, hayot manbai bo‘lgan suvni ezozlab, tozalik tuyg‘usini ham nazarda tutgan holda, bunday 
nojo‘ya harakatlardan saqlanish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarda (holatlarda) bavl qilish 
o‘rniga katta tahorat ushatishning hukmi ham shunday, hatto undan ham jirkanch va nojo‘ya 
harakatdir. 
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, "Lanatga uchraganlardan qochinglar", deganlar. 
Sahobalar: "Lanatga uchraganlar kimlar, yo Rasulolloh!" deb so‘raganlarida, u zot bunga javoban: 
"Serqatnov yo‘llarga bavl qilib, tahorat ushatganlar, boshqalarga haqsizlik qilganlardir", deb 
marhamat qilganlar. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling