www.ziyouz.com kutubxonasi
9
ularni bajarishga imkoniyat yaratadi. Bu jihatdan oyoqlarning yomon ishlarga qo‘shgan hissasi oz
emas. Shu bois namoz o‘qish oldidan oyoqlarning moddiy kirlarini yuvib, u sabab bo‘lgan gunohlarni
ham eslab o‘tgach, mehribon va rahmli Alloh taolodan mag'firat so‘rash juda muhimdir.
Tahorat olishga sabab va uning hukmi
Faqat tahoratli holda bajarilishi zarur bo‘lgan amal tahorat olishning sababidir. Bu tahoratning
dunyoviy hukmi. Uxroviy hukmi esa, oxiratda savob olishdir.
Tahoratning vojib bo‘lish shartlari
Tahorat vojib bo‘lishining yettita sharti bor:
1. Aqlli bo‘lmoq (chunki telbalar ilohiy buyruqlarga masul emaslar).
2. Balog‘atga yetganlik, chunki shariat buyruqlarini mukallaf bo‘lganlar bajarishga masuldirlar.
3. Musulmon bo‘lmoq, chunki kofirlar namoz o‘qish kabi vazifalar bilan emas, imon keltirish bilan
mukallaf bo‘ladilar.
4. Tahoratda yuviladigan barcha azolarni yuvishga yetadigan suvga ega bo‘lmoq.
5. Tahoratsiz bo‘lmoq, chunki tahoratning ustiga tahorat olish farz emas, mustahab amaldir.
6. Hayz va nifosdan pok bo‘lmoq.
7. Vaqt torligi. Tahorat qilish majburiyati malum vaqt avvalida erkin ado etilsa, vaqt toraygach, darhol
bajarilishi shart bo‘lib qoladi. Chunki oxirgi vaqtda ham bajarilmasa, ortiq uni ado qilishga imkon
qolmaydi.
Tahoratning durust bo‘lish shartlari
Tahorat durust bo‘lishi uchun uch shart mavjud:
1. Tahoratda yuvish lozim bo‘lgan azolarning toza suv bilan to‘la yuvilishi (igna uchi qadar joy quruq
qolsa ham, tahorat komil, durust bo‘lmaydi).
2. Tahorat qilayotganida unga zid bo‘lgan hayz, nifos yoki siydik kabi narsalardan pok bo‘lish (tahorat
paytida siydik tomchilari yoki tahoratni buzuvchi boshqa holatlar yuz bersa, tahorat durust bo‘lmaydi).
3. Tahoratda yuvish lozim bo‘lgan azolarning sham, yog‘ (yog‘li bo‘yoq) kabi teriga suv yetib
borishiga to‘sqinlik qiluvchi narsalardan pok bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |