Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Tahoratning komil bo‘lishiga doir hukmlar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahoratning sunnatlari Nurul Izoh www.ziyouz.com
- Tahorat odobi
Tahoratning komil bo‘lishiga doir hukmlar
Qalin soqolning o‘zini yuvish, siyrak soqollarning tagiga, terisiga suv yetkazishi kerak. Soqolning o‘sib, yuzning doirasidan o‘tgan qismini va labning og‘iz yumilganida ko‘rinmaydigan ichki qismlarini yuvish shart emas. Orasiga suv tegmas holda bir-biriga yopishgan barmoqlar orasini ochib yuvish, barmoq uchlarini yopib qo‘ygan uzun tirnoqlar va yopishib qolgan xamir, asal mumi, yog‘li bo‘yoq kabi narsalar ostiga suv yetkazish lozim. Barmoqlardagi tor uzuklar, ayollarning sirg‘alarini tagiga suv yetishi uchun qimirlatib qo‘yish vojib. Oyoqlarning dori surilgan yoriq, yara joylarini yuvish zararli bo‘lsa, dori ustidan ohista yuvish kifoya. Tahorat olganidan so‘ng, ustara tekkizilgan joylarni takror yuvish, (bosh kabi mash tortiladigan joylarni) mash qilish, olingan tirnoq va mo‘ylab o‘rnini yuvish shart emas. Tahoratning sunnatlari Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Tahoratning o‘n sakkizta sunnati bor. Ular quyidagilar: 1. Tahoratning avvalida qo‘lni oshiqlari bilan yuvmoq. 2. Allohning nomi bilan boshlamoq (ya’ni, "Bismilloh" demoq). 3. Tahoratning avvalida misvok yoki cho‘tka bilan, u ham bo‘lmasa, o‘ng qo‘l barmoqlari bilan tishlarni tozalash. 4. Og‘izni uch marta chayqamoq. 5. Burunga uch marta suv tortib qoqish ya’ni, istinshoq. 6. Ro‘za tutmaganlar uchun yaxshilab mazmaza va istinshoq qilish. 7. Qalin soqolni qo‘lni yangidan ho‘llab, barmoqlar bilan ostidan hilol qilish. 8. Qo‘l va oyoq barmoqlari orasini hilol qilmoq. 9. Har bir azoni uch martadan yuvmoq (birinchi yuvish farz, qolganlari sunnat). 10. Boshning hammasiga bir marta mash tortish. 11. Quloqlarga mash tortish. 12. Azolarni ishqalab yuvish. 13. Azolarni uzluksiz, ketma-ket yuvmoq. 14. Niyat qilmoq. 15. Qur’oni karimda belgilangan tartibga rioya qilmoq (avval yuzni, so‘ngra ikki qo‘lni yuvgach, boshga mash tortmoq, eng oxiri oyoqlarni yuvmoq. Mazkur tartib asosida tahorat qilmoq Abu Hanifaga ko‘ra sunnat, Shofeiyga ko‘ra farz). 16. Juft azolarni yuvishni o‘ngdagisidan boshlamoq. 17. Qo‘l va oyoqlarni barmoq uchlaridan boshlab yuvish. 18. Boshga peshonadan boshlab mash tortish, bo‘yinga mash tortish. (Halqumga mash tortish sunnat emas). Oxirgi to‘rt sunnatni mustahab deganlar ham bor. Tahorat odobi Tahoratning o‘n to‘rt odobi bor: 1. Suv sachramaydigan baland joyda tahorat qilmoq. 2. Qiblaga yuzlanmoq. 3. Tahorat olishga yordam talab qilmaslik (uzrlilar yordam olishlari mumkin). 4. Tahorat qilayotganida dunyoviy so‘zlar aytmaslik. 5. Qalban qilgan niyatni til bilan aytish (faqat qalban niyat qilish sunnat). 6. Har bir azoni yuvayotganida (Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam va sahobalardan rivoyat qilingan) manzur duolarni o‘qimoq. 7. Har bir azoni "Bismilloh" deb yuvmoq. 8. Quloqlarning ichki qismini iligcha barmog‘i bilan tozalamoq. 9. Keng uzukni qimirlatmoq (tor uzukni tagiga suv yetishi uchun qimirlatish farz). 10. Og‘iz va burunga o‘ng qo‘l bilan suv olmoq. 11. Chap qo‘l bilan mishirmoq. 12. Uzrli bo‘lmaganlar uchun namoz vaqti kirmasdan avval tahorat qilmoq. 13. Tahorat olgach, shahodat kalimasini aytmoq. 14. Tahorat olgach, tik turgan holda ortib qolgan suvdan ichmoq va "Allohummaj'alniy minattavvobin, vaj'alniy minal mutatohhirin" (Allohim, meni ko‘p tavba qilguvchilardan va gunohlardan poklanguvchilardan aylagin), deb duo qilmoq. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling