Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Qurbonlikni so‘yish vaqti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
Qurbonlikni so‘yish vaqti
Qiron va Tamattu’ hajlari uchun jonliq Qurbon hayitining uch kuni ichida (aqabada) tosh otganidan so‘ng so‘yiladi. Qurbonlik so‘yiladigan joy Hadya joyi Harami Sharifdir va qurbon kunlari so‘ymoqchi bo‘lsa, Minoda so‘yish sunnatdir. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 110 Boshqa kunlarda Makkada so‘yish afzal. Nazr qilingan tuyani Harami Sharifda so‘yish shart emas. Payg‘ambaryamizni, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilish Alloh taoloning inoyati bilan hajni ado etgan hoji payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinai Munavvaraga borib, muborak qabrlarini iyorat qilishi lozim. Bu ziyorat eng fazilatli mustahab ibodatlardandir. Ba’zi kitoblarda vojib ham deyilgan. Bu yerni ziyorat qilish mo‘min uchun sharaf va ulug‘ baxtdir. Bu yerda hojining qalbi Nabaviy nurlarga to‘lib toshadi. Muhammadiy barakot ning har tarafini qamrab oladi. Ruhi samolarga yuksalib, qalbn gunohlardan pok bo‘ladi va umrining qolgan nsmnda Payg‘ambarimiz shafoatlaridan fayz oladi. Rasuulloh sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: Qabrimni ziyorat qilgan kishiga qiyomat kuni shafoatim ojnb bo‘ladi". Shuningdek, bu xususda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, yana shunday marhamat qilganlar: "Vafotimdan so‘ng meni ziyorat qilgan kishi, hayotlik davrimda ziyorat qilgan kishi kabidir"- Boshqa bir hadisda esa: "Kim Baytullohni haj qilib, meni ziyorat qilmasa, menga jafo qilgan bo‘ladi". deganlari rivoyat qilinadi. Payg‘ambarnmizni ziyorat qilish maqsadida yo‘lga chiqqan hoji ko‘p salavot aytmogi lozim. Madina devorlarini o‘rgach. "Allohumma haza haromu nabiyyika, vaj’alhu viloyatan liy minannar va amonan minal-azobi va suil hison", deb duo qiladi. (Ma’nosi: Parvardigorim! Mana shu sening Rasuling hazrat Muhammadning, solallohu alayhi vasallam, harami, abadiy istirohatgohi, bu yerni men uchun do‘zax otashidan himoya vositasi qilgin, azob va og‘ir hisob berish ozod bo‘lishimga bir sabab qilgin). So‘ngra yuvinib,- xushbo‘ylik sepadi va eng go‘zal, yangi iboslarnni kiyadi. Chunki bu hurmat va ehtiromga eng loyiq kshddir. So‘ng tavoze’, viqor bilan Madinaga kiradi va shzai muborakni ziyorat qiladi. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlari bilan qabrlari orasida ikki rakat namoz o‘qiydi. Chunki u zot, sollallohu alayhi vasallam, "Qabrim va minbarim orasi jannat bog‘laridan bog‘, minbarim esa hovuzimning ustidadir", deganlar. So‘ngra bunday sharafga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukr sajdasi: qiladi va xohlagan duosini o‘qiydi. Bundan so‘ng o‘rnidan turib, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, qabrlariga yuzlanadi va qabrning bosh tarafida qiblaga qarab, namozga turgandek, qad rostlaydi va: "Ey Rasululloh, sizga Allohning salomi, marhamati va barakoti bo‘lsin! Assalomu alayka, yo Rasululloh! Assalomu alayka, yo xayri xalqulloh! Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga iqrorman va Allohning sherigi yo‘qdir. Siz Uning bandasi, rasuli va amini ekanligingizga iqrorman. Guvohlik beramanki, siz risolat (Payg‘ambarlik vazifalari)ni batamom yetkazdingiz va omonatni egalarigatopshirdingiz. Ummatingizga nasihat qilib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdingiz, kufr va jaholatni yo‘q qildingiz. Biz tufayli Alloh Sizga boshqa ummatlari tufayli payg‘ambarlarga bergan mukofotlardan ham ziyoda ajr mukofoglar bersin", deydi. So‘ngra Allohdan ehtiyojlarini so‘raydi. Chunki bu yer duolar ijobat bo‘ladigan, yaxshi talablar ravo ko‘riladigan xayrli maqomdir. Hajni ado etib, Payg‘ambarimizpi, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilgan kishi qalbi pok, yangi tug‘iltandek barcha gunohlardan forig‘ bo‘lgan holda vataniga qaytadi. Alloh taolo bizlarni ham Baytullohni haj qilishga va Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, ravza va qabrlarini ziyorat qilishga muvaffaq aylasin. Shubhasiz, Alloh mo‘minlarning duolarini ijobat qilguvchi Zotdir. Omin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling