www.ziyouz.com kutubxonasi
114
AQIDA ASOSLARI
Imon va iqror bayoni
Imon chin ko‘ngil bilan e’tiqod qilmak, ya’ni, ishonmak va inonmakdir. Butun dunyo va olamni,
yerda va osmonligi barcha maxluqotni yaratgan Alloh taoloning borligi-, birligiga va hamma sifatlariga
va Muhammadning, alayhissalom, bandalarga Islomni yetkazish uchun Alloh olo tarafidan buyurilgan
haq payg‘ambar ekaniga, Qur’oni karim Muhammadga, alayhissalom, Alloh taolo yuborilgan haq
kitob ekaniga Alloh taoloning amri birla Muhammad, alayhissalom, bayon qilgan shariat hukmlarining
ekaniga imon keltirmak va e’tiqod qilmak lozimdir. Chinakam mo‘min bo‘lmoq uchun faqat dilda
ishonmoq kifoya qilmaydi, balki iqror qilmoq, ya’ni til bilan aytish ham shart. Til bilan iqror qilmagan
kishi dilida tonsa ham, dunyoda mo‘min hisoblanmaydi, oxiratda uning joni maqbul va yo mardudligi
Alloh taologa havola qilinadi.
Til bilan iqror qilish shunday: "Ashhadu alla ilaha Ilallohu va ashhadu anna Muhammadan
abduhu va rosuluh"
Imon kalimasi Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi yavmil oxiri val qodari
xoyrihi va sharrihi minallohi ‘ala val ba’si ba’dal mavt.
Alloh taologa imon keltirish
Alloh taoloning borligiga, birligiga va barcha sifatlariga imon keltirmoq lozim. Alloh taoloni tanish
Uning ism va sifatlari bilan bo‘ladi. Alloh taoloning 99 ismi sifati bordir.
Farishtalar
Farishtalar ham bizlardek Alloh taoloning maxluqridir. Ular doimo Alloh taologa ibodat qilib va
buyurilgan barcha xizmatlarni ado qilib turadilar. Ular hech gunoh ish qilmaydilar, yeb-ichmaydilar,
uxlamaydilar. Ularda erkaklik va xotinlik yo‘qdir.
Ular nurdan yaratilgan, jismlari shamoldek latif va yumshoqdir. Bizlarning ko‘zlarimizga
ko‘rinmaydilar. Agar ko‘rinishni xohlasalar, har turli suratlarda ko‘rinishga ham qodirdirlar.
Har bir bandaning qilgan amallarini yozib turadigan farishtalar bor. Ular bandalarning yaxshi va
yomon amallarini nomai amallariga yozadilar, qiyomat ko‘nida hisob uchun shu daftarlar taftish
qilinadi. Yana bandalarni Alloh amri bilan zarar va ziyondan, ofatlardan saqlab yuradigan farishtalar
ham bor.
Jabroil, Mikoil, Azroil va Isrofil, alayhimussalom, farishtalarning ulug‘laridandir. Hazrat Jabroil
Alloh taolodan payg‘ambarlarga vahiy keltiradigan elchidir. Hazrat Mikoil bandalarning rizqlarini
tayin qilmoq uchun va bulut va yomg‘irlarga hukm qilmoq uchun mas’uldir. Hazrat Azroil
bandalarning jonlarini oladigan farishtadir. Hazrat Isrofil bandalarning jonlari turadigan surga muakkil
farishtadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |