Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
115
Muqaddas kitoblar
Alloh taolo din va shariat hukmlarini qavmlariga o‘rgatsinlar deb payg‘ambarlarga kitoblar nozil
qilgan. Odam alayhissalomga o‘n varaq, Shis alayhissalomga ellik varaq, Idris alayhissalomga o‘ttiz
varaq, Ibrohim alayhissamga o‘n varaq nozil bo‘lgan.
Muso alayhissalomga Tavrot, Dovud
alayhissalomga Zabur, Iso alayhissalomga 1jil, Muhammad alayhissalomga esa Qur’oni karim 1zil
bo‘lgan.
Qazo va qadar
Taqdir olamda bo‘ladigan barcha narsalarni va har bir qilinadigan ishlarni
Alloh taoloning azalda
tayin va muqarrar qilib qo‘yishidir. Alloh taoloning olamda bo‘ladigan narsalarni taqdir qilingan
holatda xalq va paydo qilishidir. Har bir narsa va har bir ishning qachon bo‘lishi va nima sabab bilan
bo‘lishi hamda qanday bo‘lishi
bayon qilib, Lavhul Mahfuzda yozib qo‘yilgan.
Bandaning Lavhul Mahfuzda yozilgan ekan, taqdirda bor bo’lsa, shu ish ro‘yobga chiqmasdan
qolmaydi, deb dunyoviy ishlarni
va oxirat amallarini qilmasdan, kohil bo‘lib ishi hamda gunoh ishlarni
qilishi aslo durust emas. Bandalar uchun jiddu jahd bilan ilm olib, ma’rifat
hosil qilib, diniy ilm
o‘rganish, halol mol kasb qilish va ixlos bilan yaxshi amallarni bajarish,
shuningdek, har bir gunoh
ishlardan saqlanish shartdir. O’z ixtiyorida bo‘lgan ishlarni taqdirga tashlab, ishyoqmas bo‘lib
yotish
nihoyatda axmoq va behimmat kishilarning ishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: