Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Muqtadiy bir kishi bo‘lsa, imomning o‘ng tomonida, bir kishidan ko‘p bo‘lsa,
imomning orqasida
turadi. Imomning orqasida avvalo erkaklar, so‘ngra bolalar, ulardan so’ng xunasalar, so‘ngra esa
ayollar saf tortadilar.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bi hadisi shariflarida shunday deydilar: "Ey
insonlar! (Bosh qalarga imom bo‘lganlar) jamoatingiz orasida yuragi siqilib turganlar bo‘lishi
mumkin. Kim imom bo‘lsa, jamoatni siqadigan darajada namozni cho‘zib yubormasin. Chunki jamoat
orasida qariyalar, namozda uzoq muddat tura olmaydiga zaif, uzrli kishilar bo‘lishi mumkin".
Ushbu hadis ham imom vaziyatni nazarda tutib, namozn sunnat bo‘lgan miqdordan ham qisqaroq
o‘qib berishi mumkinligiga dalildir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sal lam, bir kuni bomdod
namozini "Falaq " va "Nos " suralar bilan o‘qib berdilar. Sahobalar nechun bunchalik qisqa o‘qib
berganlarini so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayh: va sallam, bunga javoban shunday
deydilar: "Namoz asnosida, bir bolaning yig‘isini eshitdim va uning jamoatda bo‘lga onasi
bezovtalanishidan xavotir qilganim uchun qisqa o‘qidim'
Do'stlaringiz bilan baham: