Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Imomlik qilishi makruh bo‘lgan kishilar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Imomlik qilishi makruh bo‘lgan kishilar  
Qulning, ko‘rning, (johil) badaviyning, otasi no-ma’lum kishining (ya’ni, valadi zinoning), 
fosiqning hamda bid’atchining imom bo‘lishi makruhdir. 
Izoh: Badaviy va valadi zino imom bo‘lishining makruh hisoblanishiga sababularning johil bo‘lishi 
yoki imomat mas’uliyatlarini to‘la ado eta olmaslik ehtimoli borligidir. Karohatning asosiy sababi 
valadi zino yoki badaviy bo‘lgani emas, balki johillikdir. Agar badaviy shaharlikdan, valadi zino otasi 
aniq kishidan yanada fazilatli va yanada olim bo‘lsa, imomlik kilishlariga hech qanday mone’lik yo‘q. 
Faqat valadi zino Islom dinida qattiq nafrat bilan qaralgan bir gunoh mahsuli bo‘lgani uchun uning 
imom bo‘lishi jamoat kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli har qancha olim va fazilat sohibi 
bo‘lsa ham, ularning imomlik qilishi to‘g‘ri emas, deguvchilar ham bor. 
Sunnat bo‘lgan miqdordan ortiqcha qiroat va tasbehlar bilan namozni cho‘zish, yalang‘och 
kishilarning va ayollarning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari makruhdir. 
Safning tartibi  


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Muqtadiy bir kishi bo‘lsa, imomning o‘ng tomonida, bir kishidan ko‘p bo‘lsa, imomning orqasida 
turadi. Imomning orqasida avvalo erkaklar, so‘ngra bolalar, ulardan so’ng xunasalar, so‘ngra esa 
ayollar saf tortadilar. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bi hadisi shariflarida shunday deydilar: "Ey 
insonlar! (Bosh qalarga imom bo‘lganlar) jamoatingiz orasida yuragi siqilib turganlar bo‘lishi 
mumkin. Kim imom bo‘lsa, jamoatni siqadigan darajada namozni cho‘zib yubormasin. Chunki jamoat 
orasida qariyalar, namozda uzoq muddat tura olmaydiga zaif, uzrli kishilar bo‘lishi mumkin". 
Ushbu hadis ham imom vaziyatni nazarda tutib, namozn sunnat bo‘lgan miqdordan ham qisqaroq 
o‘qib berishi mumkinligiga dalildir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sal lam, bir kuni bomdod 
namozini "Falaq " va "Nos " suralar bilan o‘qib berdilar. Sahobalar nechun bunchalik qisqa o‘qib 
berganlarini so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayh: va sallam, bunga javoban shunday 
deydilar: "Namoz asnosida, bir bolaning yig‘isini eshitdim va uning jamoatda bo‘lga onasi 
bezovtalanishidan xavotir qilganim uchun qisqa o‘qidim' 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling