Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 45. Tahorati ketganini gumon qilib, namozini buzib masjiddan chiqish. 46. Masjiddan boshqa joyda tahorati buzilganini gu-mon qilgach, safdan ajralib chiqish. 47. Namoz o‘qiyotgan kishining tahoratsiz ekanini yoki mash muddati tugaganini gumon qilib masjiddan chiqmasa ham, safdan ajralib chiqishi. 48. Zimmasida qazo namozi yoki kiyimida, badanida namozga to‘siq bo‘larli darajada najosat borligini o‘ylab, masjiddan chiqmasa ham, safdan ajralib chiqish. 49. Namoz o‘qiyotgan kishining qiroatda tutilib qolgan imomidan boshqa kishiga aytib yuborishi. 50. O’qiyotgan namozidan boshqa namozga o‘tish niyatida takbir aytish. Bu sanab o‘tilgan xato amallar oxirgi qadada tashaxhud o‘qish miqdoricha o‘tirmasdan avval yuz bersa, namozni buzadi. 51. Takbirda "Allohu" lafzining boshidagi "a" tovushini cho‘zish. 52. Qur’onga qarab qiroat qilish. 53. Avrat joylari ochiq holda yoki ustida namozga to‘siq bo‘ladigan darajada najosat bilan (ruku va sajda kabi) bir ruknni bajarish yoki bir rukuni bajarish miqdoricha vaqtni o‘tkazish. 54. Muqtadiyning biror ruknni imomdan oldin ado etishi. Bunda faqat muqtadiyning namozi buziladi. 55. Imomning sajdai sahv uchun salomiga ergashgan masbuq namozi. 56. Namoz o‘qiyotgan kishining oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirgach, ado etmay qoldirgan bir sajdani ado etgach, qayta qa’dai oxir qilmasligi. 57. Namoz o‘qiyotgan kishining uxlagan holatda ado etgan ruknni uyg‘ongach, qayta bajarmasligi. 58.Masbuq bir rakat o‘qimasidan oddin imomning qahqaha otib kulishi yo qasddan tahoratini buzishi masbuqning namozini buzadi. 59.Ikki rakatlik bo‘lmagan farzlarda muqimning o‘zini musofir deb o‘ylab, ikki rakatda salom berib yuborishi. 60.Peshin namozining farzyni juma namozi deb o‘ylab, ikki rakatdan so‘ng salom berish. 61.Xufton namozini tarovih deb o‘ylab, ikki rakatdan so‘ng salom berish. 62.Islomga endigina kirgani, tajribasiz bo‘lgani uchun to‘rt rakatli namozni ikki rakatli deb o‘ylab, dastlabki qa’dada salom berish. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling