Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. “Axborot 
texnologiyalari”. Oliy va o’rta maxsus ta’limi uchun o’quv qo’llanma. “Noshir” nashriyoti, T.: 
– 2009, 368 b.
2. 
Amirov D. M. va boshqalar. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari. Izohli 
lug’at. Toshkent, 2010.
3. 
Abdullayev Z. S., Shodmonova G., Mirzayev S. S., Shamsiddinov N. B. 
Informatika va axborot texnologiyalari. – T.: Noshir, 2012. – 400 b.
4. 
Boqiyev R., Matchonov A. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
uchun o’quv qo’llanma. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, – 368 b.


213 
11 - Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish.  
Ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish.
Kutilayotgan natija: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanishni taxlil qilib natijaga erishish.
Amaliy ishning rejasi: 
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanish.
Nazariy ma’lumotlar: 
Boshlang’ich sinfda nomerlash va arifmetik amallarga doir material kontsentrlarga bo’lib 
o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta kontsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, 
minglik, ko’p xonali sonlar (boshlang’ich maktabda – million ichida). Har bir kontsentr o’z 
mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun 
o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni 
o’rganar ekanlar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal 
yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng 
muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. 
Bundan tashqari, mustahkam uquv va malakalarning asta-sekin shakllanishi (sanoqda, 
o’lchashlarda, og’zaki va yozma nomerlashda, hisoblashlarda va h. k. ) ta’minlanadi, chunki bu 
amallarni bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan holda, asta-sekin murakkablashib boradi.
Shunday qilib, har bir oldingi kontsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o’rganish mos 
masalalarni kelgusida o’rganish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keyingi 
kontsentrda esa ilgari o’rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Barcha 
kontsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o’rganish uslubida ko’p umumiylik 
mavjud bo’lib, bu o’qitishning ma’lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga 
imkon beradi, o’quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikrlashlarini rivojlantiradi. Shu bilan 
birga, har bir kontsentr o’ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko’rsatishga asos bo’ladi. Bu 
bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan ham kelib chiqadi.
Masalan, 10 ichida sonlarni nomerlash o’ndan katta sonlarni nomerlashdan farq qiladi: 
og’zaki hisoblash usullari ko’p xonali sonlar ustida xisoblashlar bajarish usullariga nisbatan 
o’ziga xos tomonlarga ega.
Ikkinchi tomondan, kontsentrlarning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida 
o’qitishning maqsad va vazifalarining o’ziga xosligi sabab bo’ladi.
Masalan, bir xonali sonlarni qo’shish va ko’paytirish hollari (jadvallar) boshqa hamma 
hollardan farqli ravishda yod olinadi (boshqa hollarda), hisoblashlar jadvallardan foydalanib 
bajariladi va natijalar yod olinmaydi. Boshlang’ich arifmetika kursining kontsentrik tuzilishi 
boshlang’ich sinf o’quvchilarning psixologik xususiyatlariga mosdir: sanoq, o’lchash, arifmetik 
amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to’plamlari yordamida. ko’rsatish mumkin bo’lgan 
katta bo’lmagan raqamlar misolida bajarish zarur. Son sohasini sekin-asta kengaytirib borish 
ham ko’rgazmali harakatli amallardan abstrakt amallarga o’tish orqali o’quvchilarning 
fikrlashlarini rivojlamtirish bilai moslashtiriladi.
Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi o’quvchilarning bilim, uquv va malakalarini 
sistemalashtirish va to’ldirish, nomerlashni o’rganishga o’tishda zarur bo’ladigan bilimlarni 


214 
egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kelgan o’quvchilarning matematik 
tayyorgarligini o’rganish.
O’quvchilarning tayyorgarligini aniqlash qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’quvchilar 
predmetlarni (narsalarni) qay darajada sanay olishlarini aniqlash zarur: ular sonlar ketma-
ketligini qaysi chegaralarda biladilar, narsalar to’plamini qaysi usul bilan taqqoslaydilar (cho’t 
yordamida, narsalarni bir-biriga mos keltirish bilan yoki «chamalab», ya’ni katta-kichikligiga 
qarab taqqoslash bilan); o’quvchilar «katta», «kichik», «shuncha» munosabatlarini to’g’ri 
tushunadilarmi; qo’shishga va ayirishga doir eng sodda misol va masalalarni yechishni 
biladilarmi; ular qanday raqamlar va geometrik figuralarni biladilar.
Sanash malakasini paydo qilish ayniqsa muhimdir, shuning uchun sanashga doir mashqlar 
tayyorgarlik davrining har bir darsiga kiritiladi. O’quvchilar atrof-muhitdagi narsalarni 
(predmetlarni); nabor polotnosida ko’rsatilgan predmetli rasmlarni; darslikda tasvirlangan 
rasmlardagi predmetlarni, shushshgdek, har qaysi o’quvchida bo’lishi zarur bo’lgan didaktik 
material (cho’plar, doirachalar, uchburchaklar)ni sanaydilar. Bu materialni arifmetik kassalarda 
yoki gugurt qutichalaridan yasalgan qo’lo’quvchi penallarda saqlash qulay.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni no’merlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan 
va uning maxsus dasturlaridan unumli foydalanish dars samaradorligini orttiradi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling