Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Ishning maqsadi
- Kutilayotgan natija
- Nazariy ma’lumotlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. “Axborot texnologiyalari”. Oliy va o’rta maxsus ta’limi uchun o’quv qo’llanma. “Noshir” nashriyoti, T.: – 2009, 368 b. 2. Amirov D. M. va boshqalar. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari. Izohli lug’at. Toshkent, 2010. 3. Abdullayev Z. S., Shodmonova G., Mirzayev S. S., Shamsiddinov N. B. Informatika va axborot texnologiyalari. – T.: Noshir, 2012. – 400 b. 4. Boqiyev R., Matchonov A. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, – 368 b. 213 11 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Kutilayotgan natija: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni taxlil qilib natijaga erishish. Amaliy ishning rejasi: 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Nazariy ma’lumotlar: Boshlang’ich sinfda nomerlash va arifmetik amallarga doir material kontsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta kontsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar (boshlang’ich maktabda – million ichida). Har bir kontsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam uquv va malakalarning asta-sekin shakllanishi (sanoqda, o’lchashlarda, og’zaki va yozma nomerlashda, hisoblashlarda va h. k. ) ta’minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan holda, asta-sekin murakkablashib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi kontsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o’rganish mos masalalarni kelgusida o’rganish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keyingi kontsentrda esa ilgari o’rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Barcha kontsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o’rganish uslubida ko’p umumiylik mavjud bo’lib, bu o’qitishning ma’lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o’quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikrlashlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, har bir kontsentr o’ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko’rsatishga asos bo’ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Masalan, 10 ichida sonlarni nomerlash o’ndan katta sonlarni nomerlashdan farq qiladi: og’zaki hisoblash usullari ko’p xonali sonlar ustida xisoblashlar bajarish usullariga nisbatan o’ziga xos tomonlarga ega. Ikkinchi tomondan, kontsentrlarning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o’qitishning maqsad va vazifalarining o’ziga xosligi sabab bo’ladi. Masalan, bir xonali sonlarni qo’shish va ko’paytirish hollari (jadvallar) boshqa hamma hollardan farqli ravishda yod olinadi (boshqa hollarda), hisoblashlar jadvallardan foydalanib bajariladi va natijalar yod olinmaydi. Boshlang’ich arifmetika kursining kontsentrik tuzilishi boshlang’ich sinf o’quvchilarning psixologik xususiyatlariga mosdir: sanoq, o’lchash, arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to’plamlari yordamida. ko’rsatish mumkin bo’lgan katta bo’lmagan raqamlar misolida bajarish zarur. Son sohasini sekin-asta kengaytirib borish ham ko’rgazmali harakatli amallardan abstrakt amallarga o’tish orqali o’quvchilarning fikrlashlarini rivojlamtirish bilai moslashtiriladi. Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi o’quvchilarning bilim, uquv va malakalarini sistemalashtirish va to’ldirish, nomerlashni o’rganishga o’tishda zarur bo’ladigan bilimlarni 214 egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kelgan o’quvchilarning matematik tayyorgarligini o’rganish. O’quvchilarning tayyorgarligini aniqlash qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’quvchilar predmetlarni (narsalarni) qay darajada sanay olishlarini aniqlash zarur: ular sonlar ketma- ketligini qaysi chegaralarda biladilar, narsalar to’plamini qaysi usul bilan taqqoslaydilar (cho’t yordamida, narsalarni bir-biriga mos keltirish bilan yoki «chamalab», ya’ni katta-kichikligiga qarab taqqoslash bilan); o’quvchilar «katta», «kichik», «shuncha» munosabatlarini to’g’ri tushunadilarmi; qo’shishga va ayirishga doir eng sodda misol va masalalarni yechishni biladilarmi; ular qanday raqamlar va geometrik figuralarni biladilar. Sanash malakasini paydo qilish ayniqsa muhimdir, shuning uchun sanashga doir mashqlar tayyorgarlik davrining har bir darsiga kiritiladi. O’quvchilar atrof-muhitdagi narsalarni (predmetlarni); nabor polotnosida ko’rsatilgan predmetli rasmlarni; darslikda tasvirlangan rasmlardagi predmetlarni, shushshgdek, har qaysi o’quvchida bo’lishi zarur bo’lgan didaktik material (cho’plar, doirachalar, uchburchaklar)ni sanaydilar. Bu materialni arifmetik kassalarda yoki gugurt qutichalaridan yasalgan qo’lo’quvchi penallarda saqlash qulay. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni no’merlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan va uning maxsus dasturlaridan unumli foydalanish dars samaradorligini orttiradi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling