Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc
Download 0.74 Mb.
|
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur
SHAFQAT
Tarixda zolimligi bilan nom chiqargan Hajjoj qo‘liga asir bo‘lib tushgan bir qancha kishiga qattiq jazo berishga buyurdi. Asirlar orasidan bir kishi Hajjojga: — Ey amir, menga qattiq jazo bermang, sizga juda yaxshi xizmat qilganman,— dedi. Hajjoj undan qanday xizmat qilganini so‘radi. U kishi: — Bir dushmaningiz sizni g‘iybat qilib, zolim deb ta’rif-tavsif qilardi, men uni man qildim,— dedi. Hajjoj undan: «Guvohing bormi?»— deb so‘ragan edi, u kishi asirlar orasidan bir kishini guvoh etib ko‘rsatdi. Asir bu ishdan bexabar bo‘lsa ham, u kishining qutulishini ko‘zlab: — To‘g‘ri aytadi, men u yerda hozir edim, sizni yomonlab so‘zlashdan uni man’ qildi,—deb yolg‘ondan guvohlik berdi. Hajjoj achchig‘lanib unga aytdi: — U yerda sen ham bor ekansan, dushmanimni g‘iybat qilishdan man’ qilgan mana shu kishining so‘zlariga nima uchun qo‘l qovushtirib jim o‘tirding? — Men sizni eng ashaddiy dushmanim deb bilaman, shuning uchun man’ qilishni istamadim,— deb javob berdi asir. Ikkinchi asir to‘g‘ri so‘zlagani uchun Hajjoj har ikki tutqunni ozod qildi. Bayt: Qolmagay to‘g‘rilar ishi pinhon, Qilmagay to‘g‘ri so‘z kishiga ziyon. Olijanob odamlar yolg‘iz o‘z jinslarigagina emas, hatto hayvonlarga ham shafqat va marhamat nazari bilan qaraydilar, ularga ozor yetkazmaydilar. XULQI XUSH Abu Said ismli bir mo‘‘tabar odam kunlardan bir kun yoru do‘stlari uchun ziefat berdi. Oshpazini chaqirib: — Men yaxshi ko‘rganim falon xil taomni pishirib olib kel,— deb buyurdi. Oshpaz u buyurgan taomni tayyorlab, boshqa taomlar bilan birga olib keldi. Abusaid o‘zi buyurgan taomdan bir luqma olgandi, unda bir qilni ko‘rib olib tashladi, ikkinchi-uchinchi marta olgan luqmalarida ham qil uchratdi. Nihoyat u taomdan qo‘l tortib, boshqa taomlardan yeyishga majbur bo‘ldi. Ovqatdan keyin oshpazni chaqirib: — Men buyurgan taomni juda ham lazzatli qilib tayyorlagansan, ertaga yana o‘sha taomdan ichida qil bo‘lmaslik sharti bilan pishirib keltir,— deb buyurdi. Ziyofatda hozir bo‘lganlar Abusaidning latofatli so‘ziga kulishdilar va taajjublanib: — Abusaid do‘stimiz o‘z oshpazini shunday silliq va muloyim so‘zlar so‘zlab uyaltirdilarki, unga qattiqroq tanbeh berishga hojat qolmadi,— deb tahsin, ofarin qildilar. Bayt:
Ko‘rmadik sayr aylabon ofoqni Xulqi hushdan o‘zga yaxshiroqni. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling