IZOHLAR
Abbosiya Sulolasi — Abu Muslim qo‘zg‘oloni tufayli vujudga kelgan arab xalifalari sulolasi. Dastlabki poytaxti Kufa bo‘lgan, so‘ngra Bag‘dodga ko‘chirilgan. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida ilm-fan ravnaq topib, tabiiy fanlarga oid asarlar yunon tilidan arab tiliga tarjima qilinadi. Ayniqsa, Horun ar-Rashid (786—809) va uning o‘g‘li Ma’mun (813—833) zamoni Abbosiylar davrining gullagan davriga to‘g‘ri keladi
Abdulla Avloniy (1878—1934)—o‘zbek olimi, shoir, dramaturg va jamoat arbobi, prof. (1930). U to‘quvchi oilasida tug‘ilgan. Abdulla Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat kabi taxalluslar bilan tanqidiy, ilmiy maqolalar va she’rlar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |