Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc
Download 0.74 Mb.
|
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Mansur as-Saolibiy
- Alisher Navoiy
- Arastu
- Bahrom Go‘r
- Buzurjmehr
Abul Alo al-Maoriy (973—1057)— ulug‘ arab shoiri va mutafakkiri. Uning ijodiyoti Yaqin Sharq xalqlari ijtimoiy-siyosiy fikrining rivojlanishiga juda katta ta’sir etdi
Abulqosim Firdavsiy — mashhur «Shohnoma» epik asarining muallifi 934—936 yillar orasida Tusning bir qishlog‘ida tug‘ilgan. Firdavsiy 40 yoshga qadar ilm tahsili bilan shug‘ullanib, shundan so‘ng «Shohnoma»ni 30 yil davomida yozib tamomlagan. Uning hajmi yuz ming misradan ortiqdir. Firdavsiy Tus shahrida 1020—1026 yillar orasida vafot etgan Abu Mansur as-Saolibiy (961 —1038) nishopurlik yirik olim va adib. Saolibiyning hayoti qisman Xorazmda va Buxoro shahrida o‘tgan. Asarlarida O’rta Osiyo hayotini ham aks ettirgan. Uning «Yatimat ad-dahr fimahosin ahl al-asr» («Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi») nomli tazkirasi yagona manba’ vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu asar I. Abdullaev tomonidan nashr etilgan. Abunuvos (762—815)—arabnavis shoir. Yoshligi Basrada o‘tgan. Uning she’rlarida dinga qarshi yozilgan misralar bor. Uning 12 ming baytdan iborat devoni Misr va Bayrutda nashr etilgan. Alisher Navoiy (1441—1501)—o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining mislsiz siymolaridan biri. Anushervon — eramizning VI asrida Eronda sosoniylar davlati tarixiga kiritilgan «Adolat sohibi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan shoh (531—579). Bu unvon Anushervonga boshqa podsholarga qaraganda adolatparvar, xalqparvar va boshqa insoniy fazilatlar bilan ajralganligi uchun emas, balki Mazdak rahbarligidagi qo‘zg‘olonni dahshat va qonli ravishda bostirganligi uchun somoniy Eroni siyosiy hayotida muhim mavqe’ga ega bo‘lgan zardushtiy ruhoniy rahbarlari tomonidan berilgan. Lekin Anushervonning bir tomondan ilm, fan, adabiyot va madaniyat taraqqiyoti homiysi bo‘lganligi tufayli, uning bu sohadagi ijobiy fazilatlari xalq og‘zaki ijodida turli qahramon obrazlari orqali e’zozlanib kelingan. Adabiyotlardan uning farmoni bilan yunon va hind tillaridan tabiiy fanlarga doir ilmiy va badiiy ijodga oid hikmatomuz tarbiyaviy ahamiyatga molik asarlar tarjima qilinganligi ma’lum Arastu (Aristotel, mil. av. 384—322)— qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan buyuk mutafakkir. Aflotun (Platon, mil. av. 427—347)— qadimgi yunon idealist faylasufi, ob’ektiv idealizm asoschisi. Batlimus (Ptolomey Klavdiy, taxm. 170 yilda vafot etgan)—qadimgi yunon olimi. U «Almagest» va «Surat ul-arz» nomli mashhur asarlar muallifi. Bahlul — hozirjavobligi bilan nom chiqargan qalandar. Bahrom Go‘r — sosoniylar Eroni sulolasidan podshoh Varaxran V (421—438). Nizomiy, Navoiy hamda boshqa klassik shoirlar asarlarining bosh qahramonlaridan. Botu (taxallusi)—Mahmud Hodiev (1904—1940)—o‘zbek shoiri, jurnalisti va jamoat arbobi. Buzurjmehr — V asr oxiri va VI asr boshlarida yashagan qadimgi Eron donishmandi, Shoh Xusrav-1—Anushervonning vaziri. «Zafarnoma»ning muallifi. Buqrot (Gippokrat, mil. av. 460—375)— qadimgi yunon tabibi, ilmiy meditsinaning asoschilaridan biri. Meditsinadan ma’lumotni otasi Geraklitdan olgan. Gippokratni «meditsinaning otasi» deb atashadi. Dovud — mil. av. 10—asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlati tuzgan podsho. Dovud va undan keyin hukmronlik qilgan o‘g‘li Sulaymon tarixiy shaxslardir. Keyinchalik rivoyatlarda payg‘ambar deb e’tiqod qilinadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling