Mashrab Boborahim (1657—1711)—o‘zbek shoiri va mutafakkiri. Mashrabning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar shoir vafotidan keyin yarim haqiqat, yarim afsonadan iborat manoqib va qissa shaklidagi «Devonai Mashrab» kitobi orqali bizga yetib kelgan. Mazkur kitob shoir haqidagi zng muhim manba’ hisoblanadi.
Mutavakkil — Abbosiy xalifalaridan (861—862). Mustansir ibn Mutavakkil otasini o‘ldirib taxtni egallagan, lekin olti oydan keyin o‘zi ham o‘lgan.
Mutanabbiy (915—965)—mashhur qasidanavis arab shoiri Abu at-Tayyib.
Muhammad Voris (tug‘ilgan va o‘lgan yili noma’lum)—tarixchi olim va adib. Avrangzeb saltanati davrida yashagan. Fors tilida «Shoh Jahonnoma» va «Zubdat ul-hikoyot» nomli asarlar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |