Umaviya Sulolasi — Abubakr, Umar, Usmon va Alidan keyin arab xalifaligini idora qilgan sulola (661—750).
Umar — umaviya sulolasining xalifalaridan.
Fariduddin Attor — «Ilohiynoma», «Asrornoma», «Bulbulnoma», «Mantiq ut-tayr», «Tazkirat ul-avliyo» kabi asarlari bilan mashhur bo‘lgan mutasavvuf shoir (1229 yil atrofida vafot etgan)
Shayx Shibliy Nu’moniy (1857—1914)—hind ma’rifatparvar olimi. U o‘rta asr diniy falsafasi ayrim namoyandalarining dunyoqarashini tahlil qilib, bir qancha falsafiy asarlar («Al Ma’mun», «Ilm ul-Kalom», «Al-G’azzoliy», «Xatlar va maqolalar» to‘plami va b.) yaratgan.
Yusuf Xos Hojib (taxm. 1019-21 —vafot etgan yili noma’lum)—turkiygo‘y adib, olim va mutafakkir. «Qutadg‘u bilig» falsafiy-didaktik dostonining muallifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |