Jaloliddin Rumiy (1207—1273)—O’rta Osiyolik buyuk shoir, olim. Fors, arab, turkiy tillarda ijod qilgan. Uning «Masnaviy Rumiy» asari Alisher Navoiy tili bilan aytganda, «qoyili masnaviy ma’naviy, g‘avosi bahri yaqin»ligi bilan ajralib turadi.
Jolinus (Galen Klazdiy, taxminan 131—201)—qadimgi rim vrachi, tabiatshunosi, antik meditsinaning buyuk namoyandalaridan. Sharqda Jolinus hakim nomi bilan shuhrat qozongan.
Jomiy (1414—1492)— fors-tojik adabiyotining yirik vakili. Navoiyning yaqin do‘sti va ulug‘ ustozidir. Ikkovlari bir davrda bir shaharda yashab, birlikda, bamaslahat ijod qilganlar.
Jomosib — afsonaviy eron donishmandi va astrologi, «Jomosipnoma» asari unga nisbat beriladi. Go‘yo u bu asarida kelajakdagi voqealarni oddindan ko‘ra bilgan emish.
Do'stlaringiz bilan baham: |