Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- َنﺁْﺮُﻘْﻟا اَﺬَه َﻚْﻴَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ ﺎَﻤِﺑ ِﺺَﺼَﻘْﻟا َﻦَﺴْﺣَأ َﻚْﻴَﻠَﻋ ﱡﺺُﻘَﻧ ُﻦْﺤَﻧ «Biz Sizga ushbu Qur’on
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 Yusuf (a.s.) qissasidan dars va ibratlar Alloh subhonahu va taolo Qur’oni karimda bir necha payg‘ambarning qissasini keltirgan bo‘lsada, Yusuf (a.s.)ning qissalarini «qissalarning go‘zali» deb atagan: َنﺁْﺮُﻘْﻟا اَﺬَه َﻚْﻴَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ ﺎَﻤِﺑ ِﺺَﺼَﻘْﻟا َﻦَﺴْﺣَأ َﻚْﻴَﻠَﻋ ﱡﺺُﻘَﻧ ُﻦْﺤَﻧ «Biz Sizga ushbu Qur’on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga qissalarning go‘zalini aytib berurmiz».( Yusuf, 3.) Qissaning o‘zi go‘zal bo‘lishi bilan birga, undagi voqe’alarning jarayoni go‘zal. Unda ota mehri tengsizligining achchiq alami, manmanlikning oqibati, hasad olovining dillarda aks etuvchi adovati, ayollarning makri, taqdirning haqligi, poklikning sharafi va sabrning natijasi ochiq-oydin bayon etilgan. Qissaning yakuni esa hammasidan go‘zal, ya’ni umumiy yaxshilik va umumiy xursandchilik bilan nihoyasiga yetgan. Kitobxon qissani o‘qir ekan, undan ma’naviy zavq olish bilan birga o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan quyidagi dars va ibratlarga ega bo‘ladi: 1. Ya’qub (a.s.)ning Allohga imonlari, uning sinoviga bo‘lgan bardoshlari barchaga ibratdir. Ya’qub (a.s.) ulug‘ payg‘ambarning o‘g‘illari, o‘zlari ham ulug‘ payg‘ambar bo‘lib, boshqa payg‘ambarlardek qavmlarining tazyiqiga uchramagan bo‘lsalar ham, ammo shaxsiy hayotlari nihoyatda dardli, alamli sinovlarga to‘la bo‘ldi. Yoshlik paytlaridayoq otalari Ishoq (a.s.)ning Ya’qubga bo‘lgan alohida e’tibor va muhabbatlarini ko‘rib, tug‘ishgan egiz akalari Iysuning qalbida Ya’qubga nisbatan adovat paydo bo‘ldi va bu adovat kattalashib, yuzaga chiqib, Iysu Ya’qubga: «Men seni o‘ldiraman», - deydigan darajada zohir bo‘ldi. Ota-onalarining tavsiyasi bilan Ya’qub (a.s.) Iroqning Horon shahrida istiqomat qiluvchi Lobon ismli tog‘alari yoniga qochib borib jon saqlashga majbur bo‘ldilar. Horonda uylanib, katta oila va bir necha farzandlarga ega bo‘lgan bo‘lsalarda, ota-onalaridan yigirma yil hijronda, musofirlikda, g‘ariblikda yashashga majbur bo‘ldilar. Ota-ona hijronidan endi qutulib, xotirjam bo‘lganlarida, Alloh taolo sevimli farzandlarining hijroniga duchor etdi. Yusuf akalari qalbida paydo bo‘lgan hasad va adovat qurboni bo‘ldilar. Otalari bag‘ridan yulib olinib, noma’lum muddatga badarg‘a qilindilar. Endi Ya’qub (a.s.) sevimli farzandlaridan ayriliq-hijron balosiga giriftor etildilar. Ammo Ya’qub (a.s.)ning ibrat bo‘ladigan mustahkam imonlari va dars bo‘ladigan sabr-toqatlari bu musibatga ham bardosh berishlarida namoyon bo‘ldi. U zotning bardoshlari nochorlikdan o‘zini sabr qilgan ko‘rsatib, uchraganga shikoyat qiladigan yoki Allohning taqdiriga qarshi urush ochib, jaza’ qiladigan odamlarning bardoshi emas, balki har qanday musibatni Allohning sinovi deb biladigan va o‘zigagina takya qilib (suyanib), o‘zidangina yordam so‘raydigan hanif va muxlis kishining bardoshi edi. Shuning uchun Yusufning akalari, uni bo‘ri yeb ketganligini aytib, qonga bulangan kiyimni oldilariga tashlaganda, Ya’qub (a.s.) shunday javob qildilar: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling